Barcha davrlarning eng yaxshi ilmiy-fantastik filmlari reytingi tuzildi
Barcha davrlarning eng yaxshi ilmiy-fantastik filmlari reytingi tuzildi

Barcha davrlarning eng yaxshi ilmiy-fantastik filmlari reytingi e’lon qilindi
Collider portali barcha davrlarning eng qiziqarli ilmiy-fantastik filmlari ro‘yxatini tuzdi. Unga 10 ta film kiritildi.
Birinchi o‘rinni Jorj Lukasning «Yulduzlar jangi: IV fasl — Yangi umid» filmi egalladi.
«Bu mukammal ko‘ngilochar kinoasarni tomosha qilib, undan hech qanaqa zavq olmagan tomoshabin borligini tasavvur qilish qiyin. Chunki unda barcha kutilmalar va an’analar mavjud, ammo ular mukammal tarzda uyg‘unlashtirilgan», — deyiladi xabarda.
Ikkinchi o‘rinda Stiven Spilbergning «Yura davri bog‘i-1» filmi qayd etildi.
«Kelajakda dinozavrlar haqida ajoyib film yaratilishi mumkindir, ammo u bunisi kabi ulug‘vor bo‘la olmaydi», — deyiladi filmga berilgan ta’rifda.
Kuchli uchlikni Robert Zemekisning «Kelajakka qaytish» filmi yakunladi.
Shuningdek, reytingga quyidagi filmlar ham kiritildi: «Tinch okeani chegarasi», «O‘rgimchak-odam: Olamlar osha», «Yuzsiz», «Hamma narsa, har yerda va birdaniga», «Godzilla: So‘nggi janglar», «Oramizdagi begonalar» va «Galaktika qo‘riqchilari».

