Mahalliy

Baliqchida xalqaro standartlarga mos sport anjomlari ishlab chiqarilmoqda

Mazkur loyiha davlat rahbarining joriy yil 24-martdagi sport sohasiga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirishga doir qarori asosida amalga oshirilgan.

Baliqchida xalqaro standartlarga mos sport anjomlari ishlab chiqarilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi “LB Sport” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

«Mamlakatimizda sport industriyasini rivojlantirish, sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish va mahalliy ishlab chiqarishni koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda import oʻrnini bosadigan, xalqaro standartlarga mos sifatli sport anjomlari ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega.

“LB Sport” sport anjomlari ishlab chiqaruvchi yetakchi mahalliy korxonalardan biridir. Korxona 20 dan ortiq sport federatsiyasi bilan hamkorlik qilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Ushbu loyiha davlat rahbarining joriy yil 24-martdagi sport sohasiga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirishga doir qarori asosida amalga oshirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 25 milliard soʻmni tashkil etadi va u toʻliq tadbirkorning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan. Korxonada 18 ta sport turi bo‘yicha 65 xil mahsulot ishlab chiqariladi. Yiliga 500 ming dona, jami qiymati 75 milliard soʻm bo‘lgan sport anjomlari tayyorlanadi.

Mahsulotlar sifati bilan xorijdagi muqobillariga raqobat qila oladi, narxi esa nisbatan arzon. Ular Qozogʻiston, Qirgʻiziston va MDHning boshqa davlatlariga eksport qilinmoqda. Yillik eksport hajmi 3 million dollarni tashkil etadi.

Korxona faoliyatida aholi bandligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Baliqchi tumanidagi 800 ta kam daromadli oila bilan kasanachilik asosida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Kasanachilarning 90 foizini ayollar tashkil etadi, 65 foizi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Mazkur tizim aholiga oʻz xonadonida mehnat qilib, barqaror daromad olish imkonini bermoqda.

Korxonada taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi yoʻlga qoʻyilgan. Tumandagi 1- va 2-son texnikumlarning 100 nafar oʻquvchisi dual taʼlim asosida oʻqitilmoqda. Ular nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlamoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.