Mahalliy

Bahodir Yunusov MTRK raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bahodir Yunusov MTRK raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Bahodir Yunusov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu bilan birga, u Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti sho‘’ba mudiri lavozimidan ozod etildi. Yunusov 2024-yilda ushbu lavozimga tayinlangan edi.

Bahodir Yunusov Prezident matbuot xizmati bosh konsultanti sifatida ham faoliyat yuritgan.

Bundan oldin u ko‘p yillar davomida O‘zbekiston MTRK tizimida turli lavozimlarda ishlagan, keyinchalik Vazirlar Mahkamasining departamentlaridan birida ham faoliyat olib borgan. 2017-yilda esa MTRK raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.