Mahalliy

Bagajxona, salon va yertoʻladagi gashish: ikki viloyatda 2,6 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Fargʻona va Namangan viloyatlarida DXX xodimlari boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda 2,6 kg dan ortiq gashish moddasini musodara qilishdi. Giyohvandlik vositalari gumonlanuvchilarning avtomobillari va uyidan topilgan. Pop tumanida Fargʻona — Toshkent yoʻnalishida harakatlanayotgan avtomobilda 1 kg gashish topildi. Chust tumanida esa muqaddam sudlangan shaxsning avtomobili salonidan yana 995 gramm ushbu modda aniqlandi. Yana 648 gramm […]

Yukxona, salon va yertoʻladagi gashish: ikki viloyatda 2,6 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Fargʻona va Namangan viloyatlarida DXX xodimlari boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda 2,6 kg dan ortiq gashish moddasini musodara qilishdi. Giyohvandlik moddasi gumonlanuvchilarning avtomobillari va uyidan topilgan.

Pop tumanida Fargʻona — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan avtomobilda 1 kg gashish topildi. Chust tumanida esa muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi avtomobil salonidan yana 995 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi.

Bundan tashqari, Namangan shahrida yashovchi fuqaroning uyi yertoʻlasidan 648 gramm giyohvandlik moddasi topilgan. U ushbu gashishni tanishidan 5 ming dollarga sotib olgani aniqlangan.

Barcha holatlar boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.