Layfstayl

Baby Shark videoklipidagi bolakay K-pop xonandasi sifatida sahnaga qaytdi

Baby Shark klipidagi bolakay K-pop xonandasi sifatida sahnaga qaytdi.

YouTube tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan video – Baby Shark Dance roligining bosh qahramoni, mashhurlikka erishganidan o‘n yil o‘tib, K-pop yo‘nalishidagi ilk raqamli singlini taqdim etdi.

Mazkur videoda yetti yoshida suratga tushgan Pak Gonrun o‘zining yakkaxon debyuti uchun “Baby Shark Boy” taxallusini tanlagan. Unga Baby Shark loyihasining mualliflik huquqiga ega bo‘lgan Pinkfong Company kompaniyasi prodyuserlik qilmoqda.

“Baby Shark Dance butun dunyodagi odamlarga quvonch bag‘ishladi. Oradan 10 yil o‘tgan bo‘lsa-da, hanuzgacha ko‘pchilik meni eslashidan juda minnatdorman. Aynan shu omil meni sahnaga qaytishga va musiqa orqali odamlar bilan qayta bog‘lanishga undadi”, deydi xonanda.

Akulalar oilasi haqidagi ommabop qo‘shiq 2016-yilda taqdim etilgan bo‘lib, videodagi taronani 10 yoshda bo‘lgan koreys-amerikalik xonanda Houp Segoyn ijro etgan. Shundan buyon klip YouTube platformasida 17,2 milliard marta ko‘rilgan. Qo‘shiq Oq uyda ham ijro etilgan, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp, Tesla rahbari Ilon Mask hamda boshqa ko‘plab mashhurlar tomonidan yuqori baholangan. Shuningdek, u global miqyosda ommaviy xitga va raqs trendiga aylangan edi.

O‘tgan yillar davomida Geon Rung Pinkfong kompaniyasining boshqa shoularida ham ishtirok etib kelgan. Uning ta’kidlashicha, “Wave” deb nomlangan yangi singl barchaga tanish Baby Shark musiqasi bilan boshlanadi va keyinchalik elektropop yo‘nalishiga o‘tadi. Qo‘shiq matnini yozishda ijrochining o‘zi ham ishtirok etgan.

Geon Rung ushbu loyihani uzoq muddatli musiqiy faoliyatining boshlanishi deb hisoblaydi:

“‘Wave’ men uchun bir martalik loyiha emas, balki yangi bir boshlanishdir. Kelgusida nafaqat musiqa, balki boshqa turdagi kontentlar orqali ham o‘zimning turli qirralarimni namoyish etishga umid qilaman”, — deya qo‘shimcha qildi u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.