Mahalliy

BAAdan O‘zbekistonga xalqaro qidiruvda bo‘lgan 6 nafar fuqaro ekstraditsiya qilindi

BAAdan O‘zbekistonga turli jinoyatlarda gumonlanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan 6 nafar fuqaro ekstraditsiya qilindi. Yil boshidan buyon ushbu mamlakatdan jami 16 nafar qidiruvdagi shaxs olib kelingan.

BAAdan O‘zbekistonga xalqaro qidiruvdagi 6 nafar fuqaro topshirildi

Turli og‘irlikdagi jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, Interpol orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklaridan mamlakatga ekstraditsiya qilindi, deya xabar bermoqda.

Mazkur tadbir ikki mamlakat byurolari hamda vakolatli organlari o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlik va tizimli sa’y-harakatlar natijasida amalga oshirilgan.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon IIV Interpol MMB tashabbusi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan 16 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

Hozirda xorijda yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslarning joylashuvini aniqlash hamda ularni mamlakatga qaytarish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.