Mahalliy

"Ayollar bor ham demadi" – Nurafshon yoshlar bo‘limi boshlig‘i xodimlarini majlisda uyatli so‘zlar bilan haqoratladi (audio)

Kun.uz’ga Yoshlar ishlari agentligi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Mirkarim Ahmadjonov ekani aytilayotgan audioyozuv kelib tushdi. Unda davlat xizmatchisi majlis o‘tkazayotgani, qo‘l ostidagi xodimlar hamda yoshlar yetakchilarini ayovsiz so‘kayotgani eshitiladi. Kurakda turmaydigan haqoratlar yangrayotgan auditoriyada ayollar ham bo‘lgan.

**"Ayollar bor ham demadi" – Nurafshon yoshlar bo‘limi boshlig‘i xodimlarini majlisda uyatli so‘zlar bilan haqoratladi (audio)**

Kun.uz tahririyatiga Yoshlar ishlari agentligi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Mirkarim Ahmadjonovga tegishli ekani aytilayotgan audioyozuv kelib tushdi. Unda davlat xizmatchisi majlis o‘tkazib, o‘z qo‘l ostidagi xodimlar va yoshlar yetakchilarini shafqatsizlarcha haqorat qilgani eshitiladi. Ushbu yig‘ilishda ayollar ham ishtirok etganiga qaramay, boshliq og‘ir so‘zlarni ishlatishdan tortinmagan.

Tahririyatga shaxsi sir qolish sharti bilan murojaat qilgan fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 19-avgust kuni Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Mirkarim Ahmadjonov yig‘ilish o‘tkazgan. Unda u xodimlar va yoshlar yetakchilarini o‘ta qo‘pol va uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan. Rahbar yig‘ilishda ayollar borligiga e’tibor bermagan, hatto xodimlardan birining "ayollarni chiqarib yuborish" taklifini ham rad etgan.

Kun.uz audiodagi uyatli so‘zlarni olib tashlab, suhbatning qisqartirilgan versiyasini taqdim etadi:

**Boshliq:** Mahallangga borsa ... ....., .... ...... . Yoshini bilmaydi ... ...…

**Boshliq:** – Sen-chi?

**Xodim:** - Kecha telefon qilgan paytingiz “srochno” uydan telefon bo‘lib qoldi.

**Boshliq:** - Sen mana ..... ....... nima qilyapsan san? O‘shanda telefondan qaytib chiqmaysanmi san bola? Eslamayapsanmi, eslatib qo‘yaman sanga telefon qilgan, qaytib chiqmaysan telefon qilganda. Eski sher bo‘lsang .... ..... agar hammangni..... bittalab .... lyuboyingga chiqqin. Lyuboyingga chiq!

**Xodim:** -Bitta gap aytsam bo‘ladimi? Qizlar chiqib tursa bo‘ladimi?

**Boshliq:** Turaversin qizlar. Nechchida keldilaring senlar? Men nechchida kirib ketdim u yoqqa?

**Xodim:** -5:30.

**Boshliq:** 5:30 midi? 15 ta kam beshmidi? Boshqa qaytarilmaydi… Yo‘q, bundoq... mahallangda nimadir qoyillatib qo‘ygan bo‘lsalaring ham mayli-ku, .... .... qo‘yib o‘tiradigan narsa-da, kunlik ma’lumotni rasm olasan, bergan jadvalga shuni qo‘yib berasan, hokim yordamchisi mana, xotin-qizlar orqasidan o‘tkazib qo‘yasan bo‘ldi, bular bir soatlik ish men uchun. Bir soatda qilib tashlayman bu ma’lumotlarning hammasini, ... .... kerak bo‘lsa mana shunaqa qilib ...... Yo‘q, menga ham kerak emas sanlarni mana bu yerga yig‘ib olib, sanlar tushunmayapsanlar, o‘shaning uchun yig‘dim, mana shu maqsadda chaqirdim sanlarni. Menga kerak emas, mana bu yerdagi mahallangni ishini qilganlaring yaxshi-yu menga. Bir oydan beri aytaman, mana bu Namangan tajribasi, birortang tushunmaysanlar ......, to‘rtta mahalla ...., biror bir ish qo‘lingdan kelmaydi sanlarni. Oldin osh berib qo‘ygansan bo‘ldi-da, muammong osh. Sanlarga yoqyapti, shunaqa sassiq gap yoqyaptimi sanlarga. Shunaqa, ikki soat oldin aytsam, yarim soat kech kelasanlar .... Birortangga gapirayotganim yo‘q, mana, yarim soat kech kelganlaring. San-chi, Ro‘zimatilla? Yo‘q yaxshilikka mana, osh-posh qilib javob beryapsanmi san menga?

**Xodim:** -Nega? Men kecha lekin “srochno” ketib qoldim anaqa, bu yerga keldim, 7 da ketdim, dori olib borishim kerak edi. Bolalarga aytib ketdim, agar hamma yig‘ilsa…

**Boshliq:** -Sanga nima bolalar xo‘jayinmi bu yerda?

**Xodim:** -Yo‘q, siz yig‘ilishda dedingiz. Uydagilar telefon qildi, dori olib keling tezroq, dedi. Olib bordim keyin.

**Boshliq:** -Sanlar ishlaring chiqsa menga telefon qilib sms yozib qo‘yasanlar-ku, bunaqa paytda eslaringdan chiqib qoladimi sanlarni, a? Siz-chi?

**Xodim:** -Men sms yozganman, javob bermagansiz, 7 yarimdan oshib ketgandi men bu yerdan…

**Boshliq:** -Ishga kirayotganlaringda ishlayman, olib boraman deganmisanlar, oilaviy muammo demaganmisanlar? Maftuna, sizga ham tegishli, shunaqa demaganmisanlar? San-chi?

**Boshliq:** - .... ..... Sani umuman topib bo‘lmaydi. “Rahbarim qattiqqo‘llik qilyapti menga, shu munosabat bilan arizamni yozaman” deb yoz, mana. Yoz.

**Xodim:** - Bo‘ldi boshqa qaytarilmaydi, eshiting, vaziyat shunaqa bo‘lib qoldi-da, eng qizig‘i, yana hammaga shunaqa to‘g‘ri kelib qoldi.

**Boshliq:** -E, vaziyating bo‘lsa san telefon qilasan menga, menga tiqishtirmagin unaqa vaziyatingni. Tushundingmi? Yoz, Otajon. Yoqmayaptimi ish?

**Xodim:** -Nimaga, hammasi joyida-yu.

**Boshliq:** -Sanga-chi? Sanga? Baxtiyor, Dilshod? Sanga, Ro‘zimatilla?

**Xodim:** -Yoqmaganda bu yerda yurmasdim.

**Boshliq:** -Sizga?

**Xodim:** -Muammo yo‘q, endi kecha shunaqa bo‘lib…

**Boshliq:** -A boshqa payt ishlayapmiz-ku, boshqa paytdagi bilinmayapti.

**Xodim:** -Qaysi? Qaysi?

**Boshliq:** -Soat to‘qqizgacha ham yuribmiz-ku.

**Xodim:** -Qayerda to‘qqizgacha yurgansan?

**Xodim:** -Kechadan oldingi kun to‘qqizgacha yurdik-ku yoningizda, o‘sha aytganingiz uchun. Endi kecha bitta ketib qolganimizga shu bilinib ketyaptimi hozir?

**Boshliq:** -Qaysi to‘qqizgacha hasharni aytyapsizmi?

**Xodim:** -Hasharni aytyapman.

**Boshliq:** -Hashar man uchunmi?

**Xodim:** -Xo‘sh, nima farqi bor, o‘sha siz yoningizda hammamiz yuribmiz-ku siz aytganingiz uchun, bir og‘iz aytgan gapingizga.

**Boshliq:** -E, og‘izla, men hasharga aytganim man uchun emas, mana bu u yog‘i...

**Xodim:** -Nima farqi bor, o‘sha siz yoningizda turibmiz-ku biz, siz bizning boshlig‘imiz bo‘lganingiz uchun. Endi unaqa bo‘lmaydi-da, undan tashqari ham turibmiz. Men gapirsam hozir talashayotgan bo‘laman, to‘g‘ri. Lekin misol uchun, qachon aytsangiz yoningizda turibmiz-ku, yo turmayapmizmi?

**Boshliq:** -E, qoyillatyapti-da ko‘pchiliklaring.

**Xodim:** -Qo‘yavering endi, bir martaga bo‘lsa hech narsa qilmaydi-ku.

**Boshliq:** -Nimani qo‘yaman? Men ertalab hayfsan oldim, qay biring turib bersang mana shu yerda menga? Qani, qay biring turib berasan? Turib berasanmi? Qani, marding bormi turib beradigan menga ertalabda? Gapir! Ertalab hayfsan oldim hokimdan. Bormi marding mana shu yerda turib beradigan menga? Og‘zingni ko‘pirtirib gapirasanlar menga bitta-bitta ........ Ishlayotgan bo‘lsalaring o‘zing uchun ishlayapsan, man uchun ishlayotganlaring yo‘q bu yerda. Manam oilam uchun ishlayapman, sanam o‘zlaring oilang uchun ishlayapsanlar ..... Xuddi mening qornim uchun ishlayotganday gapirasanlar ..., mening topshirig‘im bu! Hali ham kech emas, mana. Bo‘ldi, yoqmayotgan bo‘lsa qo‘y, yozlaring qo‘y. Man shunday aytaman, vakantim shuncha deyman. Boya hokim aytdi: "Nechta xodiming bor?" dedi. "Bir o‘zimman" dedim, "mutaxassisim ham yo‘q" dedim. “Yetakchilaring bilan gaplashmayapsan" dedi. Mana, Javohir aka turibdi o‘sha yerda. "Shug‘ullanmayapsan" dedi. Gapirgan qaysi biring aybing bormi, qayerda ko‘p ishlavoribsan? Ishlavoryapmiz to‘g‘rirog‘i, manam sanlar bilan qo‘shilib ishlayapman bu yerda. Men ozgina kam ishlayotgan bo‘lishim mumkin, o‘sha kuni ishlamadim to‘g‘ri. Muomala madaniyatlaring yo‘q, xafa bo‘lmanglar-ku, o‘sha kuni Maftuna, ichki ishlar mulozimi oldida turibsiz-da, muomala qilib gapiryapsiz, man shundan uyaldim-ku, bor-ku. Man daqiqalab o‘ylab gaplashaman-ku Sayid aka bilan. Bunaqa bo‘lmaydi, u o‘rinbosar, o‘rinbosar ichki ishlar mulozimi oldida turibsiz-da…

**Xodim (Maftuna):** -Sayid aka mening tanishim, o‘sha uchun mahalladosh bo‘lib gaplashdim, men yomon gapirganim yo‘q.

**Boshliq:** -Xo‘p, man rahbaringiz oldingizda turibdi-da, bunaqa gaplashmang.

**Xodim (Maftuna):** -Endi siz... man oldingizda turibman-ku? Oldingizda turibman.

**Boshliq:** -Qo‘ying, ayb qidirsangiz-chi ayb chiqaveradi. Qo‘ying ayb qidirmang.

**Xodim (Maftuna):** -Ayb qidirmayapman, o‘zingizda bor narsani gapiryapman o‘zingizga. O‘zingizda bor narsani aytyapman.

**Boshliq:** -Men siznikini sanamay qo‘yay…

**Xodim (Maftuna):** -Sanang, nima, nima sanaysiz?

**Boshliq:** -Nima keragi bor hozir hammaning ichida?

**Xodim (Maftuna):** -Nima, nima, nima gapiring?

**Boshqa xodim:** -Bo‘ldi qilinglar endi.

**Xodim (Maftuna):** -Nima? Bunday ortiqcha gap kerak emas.

**Boshliq:** -Yoqmayotgan bo‘lsa ishlamayman deb yoz arizangni. Bo‘ldi nima qilasan?

**Xodim (Maftuna):** -Qo‘ying bir-birimizni aybimizni qidirmaylik deyapman.

**Boshliq:** -Gapir bo‘ldi nima, nima aybim bor, qani ayt?

**Xodim (Maftuna):** -E, hammani aybi bor bo‘ldi qilinglar, qo‘yinglar endi.

**Boshliq:** -Shuni aytyapman, umumiy qilib aytyapman. Ayb qidirsa ayb chiqaveradi hammadan.

**Boshliq:** -Bo‘ldi, san hozir manga aytyapsan, rahbaringga aytyapsanki, hozir "aybingizni bilaman" degandek bo‘lding. Shundaymi?

**Xodim (Maftuna):** -Yo‘q, man sizning aybingizni bilaman demadim, ayb qidirsa ayb chiqaveradi, qo‘ying deyapman. Hozir arzimagan narsaga hammamiz ichki…

**Boshliq:** -Ikki xil gapiryapsan hozir menga. Sansirama!

**Xodim (Maftuna):** -Bo‘ldi, anaqa qilmang.

**Boshliq:** -Hurmatingdan o‘tyapsan-da, xafa bo‘lmagin sanlarga aytsam.

**Xodim (Maftuna):** -Men sizga hurmatsizlik qilmadim.

**Boshliq:** -Maftuna…

**Boshliq:** -Maftuna, tilingdan chiqqan gapni eshitsam birinchi hozir.

Kun.uz ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Yoshlar ishlari agentligiga so‘rov yubordi. Agentlik audioyozuv yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi. Toshkent viloyat hokimligi vakili ushbu ovoz Yoshlar ishlari agentligi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Mirkarim Axmadjonovga tegishli ekanini tasdiqladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.