Siyosat

Axmat Qodirovga Checheniston Qahramoni unvoni berildi

Axmat Qodirovga "Checheniston Qahramoni" unvoni berildi

Checheniston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimlarida faoliyat yuritayotgan Axmat Qodirovga "Checheniston Respublikasi Qahramoni" unvoni topshirildi. Bu xabarni respublika bosh vaziri Magomed Daudov ma’lum qildi.

Daudov Qodirovni ushbu yuksak unvon bilan tabriklab, uning jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etdi.

Checheniston bosh vaziri shunday dedi: “Respublikada yosh avlodni tarbiyalash, hududning sport salohiyatini mustahkamlash va kelajakdagi chempionlarning kuchli jamoasini shakllantirishga qaratilgan muhim loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda”.

Joriy yilning yanvar oyida 20 yoshli Axmat Qodirov mintaqa hukumati raisining o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Uning nomzodini ushbu lavozimga Daudov taklif qilgan. Shuningdek, Milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmed Dudayev ham rais o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

Iyul oyida Ramzan Qodirovning yana bir o‘g‘li, 18 yoshli Adam Qodirov ikkinchi marotaba “Checheniston qahramoni” unvoni bilan taqdirlangani haqida xabar berilgan edi. Ushbu mukofotni unga otasi — Ramzan Qodirov shaxsan topshirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.