Texnologiya

“Axborot texnologiyalari markazi”, Texnomart va AXIOM Nasiya hamkorlik memorandumi imzoladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 'Axborot texnologiyalari markazi', Texnomart hamda AXIOM Nasiya kompaniyalari raqamli xizmatlar va zamonaviy texnologiyalar sohasida hamkorlik qiladi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, maslahatlashuvlar o‘tkazish va qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

“Axborot texnologiyalari markazi”, Texnomart va AXIOM Nasiya hamkorlik memorandumi imzoladi

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Axborot texnologiyalari markazi” DUK, Texnomart hamda AXIOM Nasiya uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Hamkorlik tomonlarning davlat axborot tizimlari, zamonaviy texnologiyalar, chakana savdo va moliyaviy xizmatlar yo‘nalishidagi tajriba hamda kompetensiyalarini birlashtirishni ko‘zda tutadi.

Memorandum doirasida tomonlar o‘zaro tajriba va professional bilim almashish, zamonaviy texnologik yechimlarni o‘rganish, ishchi maslahatlashuvlar o‘tkazish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Jarayonlar samaradorligini oshirish, raqamli xizmatlarni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan amaliy yechimlarni topishga alohida e’tibor beriladi.

Memorandumning imzolanishi “Axborot texnologiyalari markazi”, Texnomart va AXIOM Nasiya o‘rtasida tizimli hamkorlikni rivojlantirish hamda kelgusida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun zamin yaratadi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi — tomonlarning amaliy va texnologik tajribasini birlashtirib, zamonaviy, qulay va samarali yechimlarni rivojlantirishdir.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.