Dunyo

Avstraliyada boshidan oyoqlar oʻsib chiqqan buzoq tugʻildi

Avstraliyaning Kvinslend shtatida boshidan ikkita qoʻshimcha oyoq oʻsib chiqqan urgʻochi buzoq tugʻildi. Egalari uni oʻldirishni oʻylagan, ammo veterinar operatsiya qilishni taklif etgan. Qariyb 90 daqiqalik amaliyotdan soʻng buzoq tezda tiklanib, onasi yoniga qaytarilgan.

Avstraliyada boshidan oyoqlar oʻsib chiqqan buzoq dunyoga keldi

Naked Science nashri ABC xabariga tayanib yozishicha, Spayder laqabli buzoqni koʻrgan veterinar Megan Smit 20 yillik faoliyati davomida bunaqa holatga duch kelmaganini aytgan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, qoʻshimcha oyoqlar olib tashlanmaganida, buzoq ulgʻaygani sayin turli muammolar yuzaga kelishi, jumladan, uning muvozanatni saqlashi qiyinlashishi mumkin edi.

Sidney universiteti Veterinariya fanlari maktabi mutaxassisi Imke Tammen hozircha bu holatning aniq sababini aytishning imkoni yoʻqligini bildirgan.

Ehtimoliy tushuntirishlardan biri — «parazit egizak» hodisasi. Bunda embrional rivojlanishning dastlabki bosqichlarida bir homila kamroq rivojlangan egizagini oʻziga singdiradi. Natijada ikkinchi egizak tanasining ayrim qismlari rivojlanayotgan homilaga birikkan holda qolishi mumkin.

Shu bilan birga, Tammen boshqa sabablarni ham inkor etmagan. Uning aytishicha, hayvonning rivojlanish jarayonidagi ayrim buzilishlar ham qoʻshimcha oyoqlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Qoramollarning ayrim turlarida bunday holat irsiy genetik kasalliklar bilan bogʻliq boʻladi. Olimlarga qoʻshimcha oyoqlar rivojlanishiga aloqador ayrim genetik mutatsiyalar maʼlum, biroq bu Spayderdagi holatning sababi ekani tasdiqlanmagan.

Qoʻshimcha oyoqlar bilan tugʻiladigan hayvonlar qanchalik tez-tez uchrashi haqida ham aniq maʼlumot yoʻq.

Spayderning boshidagi ortiqcha oyoqlarni olib tashlash operatsiyasi taxminan bir yarim soat davom etgan. Amaliyotdan soʻng buzoqning ahvoli tezda yaxshilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.