Mahalliy

Avgust: avvali salqin, davomi jazirama

Avgustning birinchi haftasi qishloq xo‘jaligi uchun nisbatan qulay harorat sharoiti bilan boshlanadi. Biroq keyin yana issiqlik keladi, kuchli shamollar va tog‘li hududlardagi qisqa muddatli yog‘inlar agrotexnik tadbirlarni havo sharoitiga moslashtirishni talab qiladi.

Avgust oyining boshlanishi salqin, davomi esa jazirama bo'lishi kutilmoqda.

Hafta boshida havo harorati 31-36 daraja atrofida bo'lib, bu paxta, sabzavot va bog'dorchilik ekinlarini parvarishlash ishlarini samarali tashkil etish uchun qulay sharoit yaratadi. Hafta o'rtalarida ayrim hududlarda kuchli shamollar tuproq namligining tez yo'qolishiga va yosh o'simliklarga mexanik zarar yetkazishiga olib kelishi mumkin. Tog'li hududlarda kutilayotgan jala yog'inlari mahalliy sel xavfini oshirishi ehtimoli bor.

Dam olish kunlariga kelib havo harorati +40…+42 darajaga ko'tarilib, jazirama qaytishi sug'orishga bo'lgan ehtiyojni yana oshiradi. Shu sababli, sug'orish ishlarini ertalab yoki kechqurun amalga oshirish, shamolli kunlarda kimyoviy ishlov berishni cheklash hamda bog' va poliz ekinlarida namlikni saqlash choralarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.