ATP reytingi yangilandi. O‘zbekistonlik tennischilarning o‘rni qanday?
ATP reytingi yangilandi. O‘zbekistonlik tennischilarning o‘rni qanday?
Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) haftalik reytingni yangilab e’lon qildi. Reytingga ko‘ra, amerikalik Teylor Frits 400 ochko yo‘qotib, 7-o‘rindan 10-o‘ringa tushib ketdi. Bu holat serbiyalik Novak Jokovich, rossiyalik Daniil Medvedev va italiyalik Flavio Kobolli uchun bir pog‘ona yuqorilash imkonini berdi.
ATP reytingida peshqadamlikni italiyalik Yannik Sinner saqlab qolmoqda. Uimbldon turniri finalchisi, germaniyalik Aleksandr Zverev esa bir pog‘ona yuqorilab, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi va jarohat sabab ikkita “Katta dubulg‘a” musobaqasida ishtirok etmagan ispaniyalik Karlos Alkarasni ortda qoldirdi.
Foto: ATP 13-iyul holatiga ko'ra ATP reytingining top-10 taligi:
(1). Yannik Sinner (Italiya) — 13 450 ochko
(2). Karlos Alkaras (Ispaniya) — 8 160 ochko
(3). Aleksandr Zverev (Germaniya) — 8480 ochko
(4). Feliks Oje-Alyassim (Kanada) — 4 740 ochko
(5). Ben Shelton (AQSH) — 3 770 ochko
(6). Aleks de Minor (Avstraliya) — 4 110 ochko
(7). Teylor Frits (AQSH) — 3 365 ochko
(8). Novak Jokovich (Serbiya) — 3 760 ochko
(9). Daniil Medvedev (Rossiya) — 3 670 ochko
(10). Flavio Kobolli (Italiya) — 3460 ochko
Ushbu haftada ATP reytingida o‘zbekistonlik tennischilarning o‘rinlarida o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin 2 pog‘ona yuqorilab, 297-o‘rinni egalladi. Uning hisobida 181 ochko mavjud. Humoyun Sultonov avvalgi o‘rnidan 107 ta pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 496-o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik tennischilarning ATP reytingidagi o‘rni, top-3:
Foto: ATP
297. (299) Sergey Fomin — 181 ochko;
496. (603) Humoyun Sultonov — 89 ochko;
746. (745) Nikita Belozertsev — 42 ochko.

