Iqtisodiyot

Aseptik quyish texnologiyasi, suv nazorati va promoaksiya: Elevíva ichimligi zavodidan maxsus reportaj

Oʻzbekiston ichimliklar bozorida yangi mahsulot – Elevíva taqdim etildi.

Aseptik quyish texnologiyasi, suv nazorati va promoaksiya: Elevíva ichimligi zavodidan maxsus reportaj

Oʻzbekiston ichimliklar bozoriga yangi mahsulot — Elevíva taqdim etildi. Family Group kompaniyasiga tegishli ushbu brend navbatdagi mahsulot boʻlib, undan avval kompaniya oʻzbekistonliklar orasida ommalashgan RC Cola, Flavis, ArkTea, Fensi va yana boshqa koʻplab mahsulotlarni taqdim etgan. Kompaniya rahbariyati yangi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida aseptik quyish texnologiyasidan foydalanilayotganini maʼlum qildi. Bu usul ichimlikni konservantsiz tayyorlash va uni maxsus tozalangan qadoqqa quyish imkonini beradi. Kun.uz muxbiri ishlab chiqarish bosqichlari, suv va xomashyo nazorati hamda tayyor mahsulot sifati qanday tekshirilishi bilan tanishdi.

Elevíva ishlab chiqarish liniyasining asosiy xususiyatlaridan biri aseptik quyish texnologiyasidan foydalanishdir. Oddiy qilib aytganda, bu turdagi faoliyatda mahsulot va qadoqning mikrobiologik xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu maqsadda ichimlik quyiladigan PET qadoqlar va preformalar oldindan maxsus ishlovdan oʻtkaziladi.

Zavod vakillarining tushuntirishicha, PET qadoqlar vodorod peroksidning gazsimon fraksiyasi yordamida tozalanadi. Shundan soʻng ichimlik avvaldan tayyorlangan qadoqqa quyiladi. Kompaniya ushbu texnologiya orqali mahsulotni konservantlarsiz ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini taʼkidlamoqda.

Konservantlardan foydalanmaslik esa ishlab chiqarish texnologiyasiga qoʻyiladigan talablarni oshiradi. Bunda mahsulotning qadoqlanishi, umumiy muhit va xomashyo sifati doimiy nazorat qilinishi kerak. Korxona vakillarining soʻzlariga koʻra, aseptik liniyadan foydalanish mahsulot tannarxiga ham taʼsir qiladi. Shu bois, Elevíva premium segmentga yoʻnaltirilgan ichimlik sifatida taqdim etilmoqda.

Ichimlik ishlab chiqarishda foydalaniladigan suv alohida nazorat ostida turadi. Zavod hududida artezian quduqlari mavjud boʻlib, markaziy vodoprovod suvi ishlatilmaydi.

Yerosti suvi maxsus filtratsiya tizimidan oʻtkaziladi. Filtratsiyaning har bir bosqichida suv laboratoriya xodimlari tomonidan tekshiriladi va suvning ishlab chiqarish jarayonidagi holati bosqichma-bosqich nazorat qilib boriladi.

Bundan tashqari, zavodga olib kiriladigan xomashyo ham ishlab chiqarishga qoʻyilishidan oldin sifat nazoratidan oʻtadi. Laboratoriyada, xususan, shakarli siroplar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor ichimliklarning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari tekshiriladi. Yakunda mahsulotlar mikrobiologik tahlilga yuboriladi. Yaʼni nazorat faqat mahsulot tayyor boʻlganidan keyin emas, xomashyo zavodga kelganidan boshlab, ishlab chiqarishning keyingi bosqichlariga qadar davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.