Mahalliy

Asakada “Damas” agʻdarilib ketdi

Haydovchi uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvini yoʻqotgan va avtomashina yoʻl chetidagi daraxtga urilib, agʻdarilib ketgan.

Asakada “Damas” agʻdarilib ketdi

Andijon viloyatining Asaka tumani «Niyozbotir» MFY hududidan oʻtgan «Asaka - Quva» avtomobil yoʻlida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi.

Maʼlumot berilishicha, 17-oktabr kuni soat 23:00 larda 2004-yilda tugʻilgan A.O. oʻzi boshqarayotgan «Damas» rusumli avtomashinada harakatlanib ketayotib, uxlab qolgan.

Shu sabab u rul boshqaruvini yoʻqotgan va avtomashina yoʻl chetidagi daraxtga urilib, agʻdarilib ketgan.

Xabarga koʻra, mazkur YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, avtomashinaga esa texnik shikast yetgan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.