Texnologiya

Asadjon Xodjayev Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Tayinlov Prezident Administratsiyasi rahbarining tegishli farmoyishi bilan amalga oshirildi.

Asadjon Xodjayev Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Asadjan Xodjayev Raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tegishli farmoyishiga muvofiq, Asadjon Azatbekovich Raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Asadjon Xodjayev (1970-yilda tug‘ilgan) — Toshkent elektrotexnika aloqasi instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini (2001-yil) tamomlagan. Mutaxassisligi — elektroaloqa muhandisi, iqtisodiyot magistri.

U 1995−2001-yillarda aloqa vazirligi, Pochta va telekommunikatsiya markaziy apparatida ishlagan, 2001−2003-yillarda esa «O‘zbekiston pochtasi» Davlat aksionerlik kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari hamda UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019-yil noyabridan 2020-yil iyuligacha Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lgan, 2020-2025-yillarda esa AOKA rahbari sifatida ishlagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.