Sport

“Arsenal” “Yuventus” vingeri uchun 100 mln yevro sarflashga tayyor — OAV

“Arsenal” “Yuventus” vingeri uchun 100 million yevro sarflashga tayyor — OAV

Londonning “Arsenal” futbol klubi “Yuventus” va Turkiya terma jamoasi hujumchisi Kenan Yildizni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. “Kanonirlar” 21 yoshli futbolchi uchun taxminan 100 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Yildizni asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Avvalroq “Arsenal” Madridning “Atletiko” klubida to‘p tepayotgan argentinalik hujumchi Xulian Alvaresni ham tarkibga qo‘shish variantini ko‘rib chiqqan edi.

Biroq “Atletiko” rahbariyatining Alvaresni sotmaslik borasidagi qat’iy pozitsiyasi sabab Yildiz londonliklar uchun muqobil variantga aylangan.

Kenan Yildiz 2022-yilda “Bavariya” akademiyasidan “Yuventus” tizimiga erkin agent sifatida qo‘shilgan. Turkiyalik futbolchi qisqa vaqt ichida Turin klubining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. U hujumning bir nechta pozitsiyalarida, jumladan, qanotlarda hamda hujumchi ortida samarali harakat qila oladi.

Yildiz 2025/26-yilgi mavsumda “Yuventus” safida barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2026-yil fevralida turkiyalik futbolchi Turin klubi bilan shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Yildizning bozor qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.