Sport

“Arsenal” Alvares uchun 80 mln yevro va bir futbolchisini taklif qildi

“Arsenal” Alvaresni qo‘lga kiritish uchun 80 million yevro va futbolchi taklif qildi

Londonning “Arsenal” klubi Argentina terma jamoasi va “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga jalb qilishga intilishda davom etmoqda. Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, “kanonirlar” bu transfer uchun Madrid klubiga taxminan 80 million yevro va hujumchi Viktor Dyokereshni taklif qilmoqda.

Shuningdek, londonliklar argentinalik yulduzga yiliga 25 million yevro maosh to‘lashga tayyor. Bu uning hozirgi maoshidan qariyb ikki barobar ko‘pdir. Biroq, kelishuvning taqdiri bevosita futbolchining o‘ziga bog‘liq. Xabarlarga ko‘ra, bir necha yil oldin “Manchester Siti” sharafini himoya qilgan hujumchining yana Angliya chempionatiga qaytish istagi yo‘q.

Avvalroq Xulian Alvaresga Kataloniyaning “Barselona” klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq “Atletiko” argentinalik hujumchi uchun kamida 150 million yevro talab qilgach, “ko‘k-anorranglilar” bu transferdan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda “Atletiko” 26 yoshli argentinalikni “Manchester Siti”dan 75 million yevro evaziga sotib olgan edi. 2025/2026-yilgi mavsumda hujumchi madridliklar safida jami 49 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 20 ta gol va 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.