Siyosat

Armaniston sobiq prezidenti Robert Kocharyan va uning o‘g‘li qo‘lga olindi

Armanistonning avvalgi prezidenti Robert Kocharyan va uning o‘g‘li hibsga olindi.

“Armaniston” blokidan bo‘lgan muxolifatchi deputat Agnesa Xamoyanning Azer News’ga ma’lum qilishicha, Armanistonning sobiq prezidenti Robert Kocharyan Korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasiga olib ketilgan.

Xamoyanning so‘zlariga ko‘ra, Kocharyan va uning kenja o‘g‘li Levon Kocharyanning uylarida tintuvlar o‘tkazilgan. Shuningdek, oilaga tegishli bir qancha ko‘chmas mulk obyektlarida ham tekshiruvlar bo‘lib o‘tgan.

Sobiq prezident devoni rahbari Bagrat Mikoyan Kocharyanning qo‘lga olinganini tasdiqladi. Armaniston OAV manbalarining xabar berishicha, soliq idoralari Kocharyan oilasiga tegishli Toyota avtosalonini muhrlab qo‘ygan. Bundan tashqari, Orange Fitness sport majmuasida ham tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu voqealar Levon Kocharyan va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida parlamentda yuz bergan og‘zaki tortishuvdan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi. Bahs-munozara chog‘ida Pashinyan deputatni barcha mol-mulkidan mahrum qilishini aytgan. Bosh vazir Kocharyan bu aktivlarni farzandlari va nevaralariga meros qilib qoldira olmasligini ta’kidlagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.