Mahalliy

Arizani “tinchitish”ga $500 000 – Buxoroda tovlamachilik qilgan 72 yoshli shaxs 8 yilga qamaldi

Toshkent shahrida yashovchi nuroniy buxorolik tadbirkorga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini “Prezident administratsiyasi masʼul xodimi” sifatida tanishtirgan. Soʻngra administratsiya tomonidan uning faoliyati boʻyicha tekshirish oʻtkazish topshirigʻi berilganini aytib, qoʻrqitgan. Shundan soʻng “arizani tinchitish” uchun 500 ming dollar soʻragan.

Arizani “tinchitish” uchun $500 000 so‘ragan — Buxoroda tovlamachilik qilgan 72 yoshli erkak 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Buxorolik tadbirkorga nisbatan tovlamachilik sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.

Sud hukmiga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi 72 yoshli H.Yu. Buxoro shahridagi MChJlardan birining rahbariga o‘zini “Prezident administratsiyasi masʼul xodimi” deb tanishtirgan.

H.Yu. tadbirkorga administratsiya tomonidan u rahbarlik qilayotgan jamiyat faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazish topshirig‘i berilganini, jamiyatga ajratilgan kredit mablag‘lari maqsadsiz sarflangani haqida ma’lumotlar borligini aytib, uni qo‘rqitgan. Tekshiruv yakunida barcha mol-mulkidan mahrum bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Keyin ishni “yopdi-yopdi” qilishini aytib, tadbirkordan 500 ming dollar talab qilgan. “Xamir uchidan patir” sifatida bank kartasiga 10 mln so‘m o‘tkazdirib olayotgan paytda tezkor tadbirda ushlangan.

H.Yu. sudda aybini tan olmagan va tadbirkordan yarim mln dollar so‘ramaganini bildirgan.

“2025-yil oktabr oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali bir MCHJ rahbarining telefon raqamini topib oldim. So‘ng ushbu jamiyat bosh hisobchisi E.ning ham telefon raqamini topib, unga qo‘ng‘iroq qildim va Prezident administratsiyasida ishlashimni, jamiyat rahbari menga qo‘ng‘iroq qilishini aytdim.

Shu kuni jamiyat rahbari menga qo‘ng‘iroq qildi. Unga administratsiyada ishlashimni, jamiyat ustidan shikoyat tushganini, shu sababli o‘zim Buxoroga borib, uchrashishimni bildirdim.

2 kundan so‘ng Buxoro shahriga bordim. Kogondagi temir yo‘l bekatida meni MCHJ rahbari kutib oldi. U bilan Buxoro shahridagi ofisiga bordik. Suhbat davomida ularga MCHJ faoliyati bo‘yicha administratsiyaga murojaat kelib tushganini, 40 mln dollar kredit olib, tekshiruv davomida yo‘q narsani ko‘rsatganini, zavod hozirgi kunda faoliyat yuritmayotganini aytdim hamda hujjatlardagi kamchiliklarni to‘g‘rilab qo‘yishlarini bildirdim.

Shu vaqtda yonimga jamiyat bosh hisobchisi va yuristi keldi. Ular mendan Prezident administratsiyasi masʼul xodimligimni tasdiqlaydigan hujjat so‘rashdi. Shundan so‘ng MCHJ rahbari shaxsimga oid ma’lumotlarni yozib oldi va temir yo‘l vokzaliga olib borib qo‘ydi.”

Shu tariqa, H.Yu. Toshkent shahriga qaytib kelgan. Bir necha kundan so‘ng unga MCHJ rahbari qo‘ng‘iroq qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.