Sport

«Argentina bilan erishgan barcha yutuqlaringni chin dildan hurmat qilaman». Krishtianu Messining postiga izoh qoldirdi

Ronaldu avvalroq ham Messining otasidan ayrilgani haqidagi postiga izoh yozib, hamdardlik bildirgandi. Ushbu izoh hozirgacha 7,2 mln «layk» toʻplagan va Instagram tarixida eng koʻp «layk» yigʻgan izoh boʻlib turibdi.

«Argentina bilan qo‘lga kiritgan barcha yutuqlaringni chin dildan hurmat qilaman». Krishtianu Messining postiga izoh qoldirdi

«Leo, shuncha yil davomida mamlakating sha’nini himoya qilding — sening tarixing xotiralarda abadiy qoladi. Argentina bilan erishgan barcha yutuqlaringni chin dildan hurmat qilaman. Quchoqlab qolaman», — deb yozdi portugaliyalik futbolchi.

Messi 7-oktabrga o‘tar kechasi Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv o‘yinini o‘tkazdi. Buenos-Ayresda Beninga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 39 yoshli hujumchi penaltidan gol urdi va ikkita golli uzatma berdi.

Messi milliy jamoa safida jami 208 ta uchrashuvda 126 ta gol urgan va 70 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ronaldu avvalroq ham Messining otasidan ayrilgani haqidagi postiga izoh yozib, hamdardlik bildirgandi. Ushbu izoh hozirgacha 7,2 mln «layk» to‘plagan va Instagram tarixida eng ko‘p «layk» yig‘gan izoh bo‘lib turibdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.