Dunyo

Ar-Riyod aeroporti faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi

Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Ispaniya va AQSH elchixonalari oʻz fuqarolariga aeroportga bormaslikni tavsiya qildi. Ispaniya elchixonasi bu husiychilarning yangi hujumi bilan bogʻliq ekanligini bildirdi.

Ar-Riyod aeroporti faoliyati vaqtincha toʻxtatildi

Ar-Riyoddagi qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport faoliyati vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar berildi. Hukumat aeroportga hujum boʻlganini tasdiqladi, biroq zarba kim tomonidan berilganiga aniqlik kiritmadi.

«Hujum natijasida bir necha kishi jarohatlandi. Jabrlanganlar soni aniqlanmoqda», - deyiladi xabarda.

AFP agentligi ma’lumotiga koʻra, oʻnlab odamlar jarohat olgan, kamida besh kishi reanimatsiya boʻlimiga joylashtirilgan.

Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Ispaniya va AQSH elchixonalari oʻz fuqarolariga aeroportga bormaslikni tavsiya qildi. Ispaniya elchixonasi bu husiychilarning yangi hujumi bilan bogʻliqligini bildirdi.

Husiychilar oxirgi bor 8-oktabr kuni Ar-Riyod aeroportiga zarba bergan edi. Ushbu hujum oqibatida uch kishi halok boʻlgan.

Avvalroq Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ushbu mamlakatda boʻlib turgan yoki u yerga safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarga murojaat qilib, mintaqadagi keskinlik sabab aviareyslar jadvali, parvoz yoʻnalishlari va tranzit qoidalari oʻzgarishi mumkinligini eslatgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.