AQŞ Kongressi saylovining muddatidan oldin ovoz beriş bosqiçidagi davomat rekordi yangilandi
AQŞda 2026-yilgi Kongressga oraliq saylovga tört kun qolganida muddatidan oldin ovoz berganlar soni 51 million nafardan oşdi. Bu körsatkiç 2022-yilgi rekorddan ham yuqori bölib, röyxatga olingan saylovçilarning beşdan bir qismidan köproği allaqaçon ovoz berganini anglatadi.

AQŞ Kongressi saylovida muddatidan oldin ovoz berish bosqichida davomat rekordi yangilandi
2026-yilgi AQŞ Kongressi oraliq sayloviga 4 kun qolganida qariyb 51 million saylovchi ovoz berib bo‘ldi. Ro‘yxatga olingan saylovchilarning beshdan bir qismidan ko‘prog‘i muddatidan oldin o‘z ovozini berdi. Bloomberg xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022-yildagi rekordni yangiladi — o‘shanda muddatidan oldin ovoz berishda 45,9 milliondan ortiq amerikalik qatnashgan edi.
Ovoz beruvchilarning partiyaviy mansubligi kuzatib boriladigan 27 ta shtatda muddatidan oldin topshirilgan byulletenlarning 43 foizi demokratlar, 31 foizi esa respublikachilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Florida universiteti huzuridagi Saylovni o‘rganish laboratoriyasi direktori Maykl Makdonald so‘zlariga ko‘ra, «muddatidan oldin ovoz berayotgan saylovchilar ko‘proq Demokratik partiyaga moyillik bildirdi». Uning qo‘shimcha qilishicha, bevosita saylov kuni elektorat odatda respublikachilar tomon og‘adi.
3-noyabr kuni AQŞda oraliq saylov bo‘lib o‘tadi. Unda Vakillar palatasining barcha 435 nafar a’zosi, 100 nafar senatordan 35 nafari hamda 36 ta shtat gubernatori qayta saylanadi. Respublikachilar Kongressning ikkala palatasi ustidan nazoratni saqlab qolishi va shu orqali AQŞ prezidenti Donald Trampga ikkinchi muddatining qolgan ikki yilida o‘z siyosatini to‘siqlarsiz yuritish imkoniyatini ta’minlab bera olishi ushbu saylov natijalariga bog‘liq.

