AQShning milliard dollarlik startaplari: asoschilar qaysi mamlakatlardan?
AQShda oʻrganilgan 775 ta xususiy milliard dollarlik startapning 455 tasiga immigrantlar asos solgan yoki hammuassis boʻlgan. Kelib chiqish mamlakatlari boʻyicha Hindiston yetakchilik qilmoqda: ushbu mamlakatdan kelgan tadbirkorlar 96 ta shunday kompaniyani tashkil etishda qatnashgan.

AQShning milliard dollarlik startaplari: asoschilar qaysi mamlakatlardan?
Bu haqda Naked Science Amerika siyosati milliy jamgʻarmasi — NFAPning 2026-yil yozida eʼlon qilingan tadqiqotiga tayanib xabar berdi.
Tadqiqotda qiymati kamida bir milliard dollarga baholangan xususiy Amerika startaplari tahlil qilingan. Ularning 59 foiziga immigrantlar asos solgan yoki ular hammuassis bo‘lgan. Immigrantlarning farzandlari ham hisobga olinganda, bu ko‘rsatkich qariyb 66 foizga chiqadi.
Hindistondan keyin Isroil va Buyuk Britaniya turadi.
Hindistondan kelgan tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan 96 ta kompaniyadan so‘ng Isroil 60 ta kompaniya bilan ikkinchi o‘rinda. Buyuk Britaniya 47 ta, Xitoy esa 41 ta kompaniya bilan keyingi pog‘onalarni egallagan.

