AQSHda demokratlar Senat ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi
Vakillar palatasidagi saylovlarda ham demokratlarning g‘alaba qozonishi kutilmoqda. Bu amalga oshsa, ular 2027-yildan boshlab Kongressning har ikki palatasida ko‘pchilikni tashkil etadi.

AQSHda demokratlar Senat ustidan nazoratni qo‘lga oldi
AQSHda demokratlar Senat ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Ular mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan saylovlarda respublikachilarni yengib, tarixiy natijaga erishdi.
Vakillar palatasidagi saylovlarda ham demokratlar g‘alaba qozonishi kutilmoqda. Agar shunday bo‘lsa, ular 2027-yildan boshlab Kongressning har ikki palatasini nazorat qiladi. Bu 2022-yildan beri ilk bor yuz berishi kutilmoqda.
Demokratlar Janubiy Karolina, Shimoliy Karolina, Ogayo, Texas, Ayova va Kanzas shtatlarida o‘z nomzodlarining g‘alabasi evaziga Senat ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Endilikda 100 ta o‘rindan kamida 51 tasi demokratlarga tegishli.
Texasda Demokratlar partiyasi nomzodi Jeyms Talariko prezident Donald Tramp qo‘llab-quvvatlagan respublikachi Ken Pakstonni mag‘lub etdi. Shu tariqa 1988-yildan beri ilk bor demokratlar Texas shtatidan Senatga saylandi.
Ogayo shtatida demokratlardan sobiq senator Sherrod Braun amaldagi respublikachi senator Jon Xastedni yengdi. Shimoliy Karolinada shtatning sobiq gubernatori Roy Kuper Maykl Uotli ustidan g‘alaba qozondi. Senat ustidan nazoratning demokratlar qo‘liga o‘tishi Vashingtondagi siyosiy kuchlar nisbatini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Endi ular prezidentning, jumladan, federal sudyalik lavozimlariga nomzodlarini tasdiqlashga to‘sqinlik qilishi hamda Tramp ma’muriyati faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirishi mumkin.

