Boshqa

AQSHda amerika futboli jamoasi a’zosining shlemi ichidan zaharli ilon chiqdi (video)

AQSHda amerika futboli jamoasi a'zosining shlemi ichidan zaharli ilon topildi (video)

AQSHning Arkanzas shtatidagi o‘rta maktablardan birining amerika futboli jamoasi a’zosi mashg‘ulotlar vaqtida kiygan shlemi ichidan zaharli ilon chiqdi.

Maumelle maktabi o‘quvchisi mashg‘ulotlardan so‘ng bosh kiyimi ichida nimadir qimirlayotganini sezgan. Shundan so‘ng dubulg‘aning ichki yostiqchalari ortidan taxminan 60 santimetr uzunlikdagi zaharli ilon topilgan.

Jonivor dubulg‘adan o‘z ixtiyori bilan chiqishni istamagani sababli, hayvonlarni nazorat qilish xodimlari uni suvga botirishga va qisqichlar yordamida tortib olishga majbur bo‘lishgan. Mutaxassislar uning o‘ta zaharli mokassin iloni ekanligini tasdiqlagan. Keyinchalik u o‘rmonli hududga qo‘yib yuborilgan. Ma’lumot o‘rnida, ushbu turdagi sudralib yuruvchilar Arkanzasda uchraydigan zaharli ilonlar orasida xavflilik darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.

Hayvonlarni himoya qilish xizmati direktori Kris Devisning ta’kidlashicha, o‘quvchi dubulg‘ani qariyb bir soat davomida kiyib yurgan va ilon uni chaqib olmagani katta omad.

“Bu aql bovar qilmas holat. Bunga ishonish uchun o‘sha yerda bo‘lishingiz va hammasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz kerak edi”, deydi Devis.

Voqeadan so‘ng o‘quvchi o‘ziga boshqa dubulg‘a olib, mashg‘ulotlarni davom ettirgan. Biroq ushbu holat bosh murabbiyni jamoa a’zolariga sport anjomlaridan foydalanishdan oldin ularni ehtiyotkorlik bilan tekshirish, hasharotlar yoki undan ham xavfliroq jonivorlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerakligini qat’iy uqtirishga majbur qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.