Dunyo

AQSH senatorlari Trampni Putinni G20 sammitiga taklif qilish qaroridan voz kechishga chaqirdi

AQSH senatorlari Trampni Putinni G20 sammitiga taklif qilish qaroridan qaytishga chaqirdi

AQSHning Demokratik va Respublikachilar partiyalaridan 14 nafar senator prezident Donald Trampdan dekabr oyida Mayamida boʻlib oʻtadigan G20 sammitida qatnashish uchun Vladimir Putinga yuborilgan taklifni bekor qilishni soʻradi.

Senatorlar oʻz maktubida Putin Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng koʻlamli urushi uchun asosiy javobgar ekanini qayd etdi.

“Uning AQSHda oʻtkaziladigan G20 sammitida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyish jiddiy xavotir uygʻotadi, chunki bu Ukrainadagi fuqarolik obyektlariga har kuni zarba berayotgan hukumat bilan munosabatlarni meʼyoriy holga aylantirishi mumkin”, deyiladi maktubda.

Senatorlar fikricha, agar Putin xalqaro hamjamiyatdan yakkalab qoʻyilmasa, uni oʻt ochishni toʻxtatishga undaydigan jiddiy sabab deyarli qolmaydi.

Maktub respublikachi senator Rojer Uiker va demokrat Jin Sheyxin tashabbusi bilan yozilgan. Murojaatni ulardan tashqari yana olti nafar demokrat va olti nafar respublikachi senator imzolagan.

23-sentyabr kuni AQSH davlat kotibi Marko Rubio Qoʻshma Shtatlar Vladimir Putinni Mayamida boʻlib oʻtadigan G20 sammitiga taklif qilganini aytgandi. Kreml esa taklif uchun minnatdor ekanini, biroq Putinning AQSHga borishi boʻyicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini bildirdi.

Avgust oxirida Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov urush boshlanganidan beri ilk bor G20 mamlakatlari moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlari sammitida ishtirok etdi. Rossiya tomonini uchrashuvga jalb qilish qarori Tramp maʼmuriyati tomonidan qabul qilingan. Rossiya vazirining tashrifi Yevropa delegatsiyalari noroziligiga sabab boʻldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.