Siyosat

AQSH neftni olib chiqish uchun Hormuz orqali maxfiy yo‘lak yaratdi

AQSH Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft tashish uchun yashirin yo‘lak ochdi.

Axios nashrining ikki amerikalik amaldorga tayanib xabar berishicha, AQSH harbiylari Hormuz bo‘g‘ozi orqali maxfiy kema yo‘lagini tashkil etgan.

Ushbu yo‘lak orqali har kuni taxminan 10 million barrel neft tashilmoqda, bu urushdan oldin bo‘g‘oz orqali yetkazib berilgan neft hajmining qariyb yarmini tashkil etadi.

Har kecha 15 tadan 20 tagacha tanker harakatlanadi. Bo‘sh kemalar Arabiston dengizidan Fors ko‘rfazi davlatlari portlariga kirib, neft yuklab, ortiga qaytadi.

Har kuni tunda Ummon qirg‘oqlari bo‘ylab janubiy yo‘nalishda har ikki tomonga 15 tadan 20 tagacha tanker o‘tadi. Kemalar AQSH qiruvchi samolyotlari himoyasi ostida guruh bo‘lib harakatlanadi.

Operatsiyaga AQSH armiyasining Shimoliy Karolina shtatidagi Fort Bragg’dagi shtabi rahbarlik qilmoqda. U yerdagi guruh kemalar ro‘yxatini tuzadi va ularning harakatini Vashington hamkorlari bilan muvofiqlashtiradi.

Eron radarlari ishdan chiqarilgani qayd etilgan. AQSH ikki haftalik operatsiya o‘tkazib, Eronning radar va dengiz kuzatuv tizimlariga zarar yetkazgan. Shundan so‘ng ushbu koridorni yaratish imkoni paydo bo‘lgan. Ayni paytda, Eron bu yo‘nalishga hujum qilishda davom etmoqda, ammo zarbalarning aksariyat qismini amerikalik harbiylar qaytarmoqda.

AQSH va Isroilning Eron bilan urushi boshlangunga qadar jahon neft tranzitining 20 foizigacha qismi Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tar edi. Hozirgi tranzit urush boshlangach yuzaga kelgan tanqislikni qisman qoplashga yordam bermoqda, xolos.

Tramp 14-avgust kuni Eron ustidan yakuniy g‘alaba qozonilgach, Hormuz bo‘g‘ozini “Qo‘shma Shtatlar hududi” deb e’lon qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. O‘shanda Oq uy rahbari hozirda suv yo‘lini Islom Respublikasi portlarini to‘sib turgan amerikalik harbiylar nazorat qilayotganini aytgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.