Siyosat

AQSH MRB direktori Jon Retkliff urush boshlanganidan buyon ilk bor Moskvaga bordi

Bu MRB rahbarining 2021-yildan beri Moskvaga ilk tashrifidir. Oʻshanda Rossiya qoʻshinlarining Ukraina chegaralari yaqiniga toʻplanishi fonida idoraning avvalgi rahbari Uilyam Byorns Moskvaga borgan edi.

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jon Retkliff urush boshlanganidan buyon ilk bor Moskvaga eʼlon qilinmagan tashrif bilan bordi.

U 25-avgust kuni ertalab Rigadan AQSH Harbiy-havo kuchlariga tegishli Boeing C-17 harbiy-transport samolyotida uchib, "Vnukovo" aeroportiga qoʻndi. Taxminan soat 19:00 da Retkliffni olib kelgan Amerika samolyoti Moskvadan ortga uchib ketgani maʼlum boʻldi.

Bu MRB rahbarining 2021-yildan beri Moskvaga birinchi tashrifidir. Oʻshanda Rossiya qoʻshinlarining Ukraina chegaralari yaqiniga toʻplanishi fonida idoraning avvalgi rahbari Uilyam Byorns Moskvaga borgan edi. Retkliffning bu safargi tashrifi – AQSH maʼmuriyati vakilining Rossiyaga 2026-yil yanvaridan buyon amalga oshirgan birinchi tashrifidir.

Retkliff tashrifining maqsadlari nomaʼlum. MRB rahbarining safari haqida rasman xabar berilmadi. Kreml esa "Vnukovo"dagi Amerika samolyoti haqida goʻyoki hech narsa bilmasligini va bu hafta Amerika maʼmuriyati vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilmaganini maʼlum qildi. Kreml muxbiri Aleksandr Yunashevning soʻzlariga koʻra, Retkliffning tashrifi tufayli Vladimir Putin oʻz ish jadvalini oʻzgartirib, 25-avgustga rejalashtirilgan yirik tadbirni bekor qilgan. Axios’ning taʼkidlashicha, Retkliff muzokaralar uchun borgan. Kim bilan va nima haqida ekani nomaʼlum.

Versiyalardan biriga koʻra, uning tashrifi Rossiyada sudlangan amerikalik Charlz Zimmermanning ozod etilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bu haqda Kseniya Sobchak oʻz Telegram-kanalida axborot manbasini koʻrsatmagan holda yozgan. Agar shunday boʻlsa, Zimmerman bir oy ichida Rossiya hukumati tomonidan avf etilib, vataniga qaytarilgan ikkinchi AQSH fuqarosi boʻladi. Birinchisi Robert Gilman edi. Uning mahbuslar almashinuvisiz qaytarilishi Moskva va Kiyev oʻrtasida Amerika tomoni ishtirokidagi tinchlik muzokaralarining yangi bosqichiga ehtimoliy tayyorgarlik sifatida koʻrilgandi.

Boshqa bir versiyaga koʻra, Retkliff Moskvada qandaydir "muhim operatsiya"ni muhokama qilgan. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Kirill Budanovga yaqin boʻlgan Ukraine Context Telegram-kanali xabar tarqatdi. Kanal mualliflari gap "bir muncha vaqt maxfiylik rejimida tayyorlangan" va "natijalari keyingi jarayonlar uchun jiddiy ahamiyat kasb etishi mumkin" boʻlgan operatsiya haqida ketayotganini daʼvo qilmoqda.

Uchinchi versiya – Retkliff Putinga "ogohlantirish" yetkazish uchun borgan. Bunday versiyani The Wall Street Journal ilgari surdi. Gazetaning maʼlumotlariga koʻra, AQSH razvedkasi Rossiya Ukraina bilan urushni davom ettirish uchun safarbarlikka tayyorgarlik koʻra boshlagani va alyansga aʼzo mamlakatlarga qarshi provokatsiya uyushtirib, "NATO qatʼiyatini sinab koʻrishni" rejalashtirayotgani mumkinligi haqida maʼlumot toʻplagan. Nashr, shuningdek, tashrif AQSH va Eron oʻrtasidagi urush bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini ham taxmin qilmoqda. Rossiya Tehronning ittifoqchisi hisoblanadi. Bir kun avval Vashington dushmaniga qarshi yangi iqtisodiy bosim kampaniyasini eʼlon qilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.