AQSH kongressmeni FIFA prezidentiga qarshi tekshiruv boshladi

AQSH Kongressi a'zosi FIFA prezidenti ustidan tergov boshladi
AQSH Vakillar palatasi a'zosi Jeymi Raskin FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan tergov ishlarini boshlab yubordi, deya xabar bermoqda The Guardian nashri.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Raskin FIFAdan AQSH prezidenti Donald Tramp va uning ma'muriyati o'rtasidagi aloqalarni fosh etuvchi hujjatlarni talab qilgan.
Shuningdek, Raskin Mayami va Nyu-Yorkdagi FIFA ofislarining kirish-chiqish jurnallarini ham so'ragan.
Maktubda Adliya vazirligining AQSH hukumatining global futboldagi korrupsiyaga oid tergovlarida, jumladan, 2015-yilda 20 dan ortiq yuqori lavozimli FIFA amaldorlari va sport marketingi rahbarlarini sudga berishda gumonlanuvchilarga qarshi "ayblovlarni bekor qilish" qarori haqida ham so'z boradi.
Yakunida Raskin Infantinodan Vakillar palatasi sud qo'mitasida rasmiy ko'rsatma berishni so'ragan.
FIFA Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tdi. Turnirda Ispaniya g'olib chiqib, finalda Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etdi.

