AQŞdagi oraliq saylov yakunlari. Asosiy maʼlumotlar
Respublikaçilar qariyb 100-yil mobaynida senatorlik örni egallab turilgan Kanzasda ham yutqazişdi.

AQShdagi oraliq saylovlar yakunlari. Asosiy ma’lumotlar
3-noyabr kuni AQShda Kongress uchun oraliq saylovlar bo‘lib o‘tdi. Amerikaliklar Vakillar palatasining yangi tarkibini (Kongress quyi palatasidagi 435 o‘rin), Senat a’zolarining uchdan bir qismini (Kongress yuqori palatasidagi 35 o‘rin), shuningdek, 36 shtat gubernatorlari va mahalliy qonun chiqaruvchi yig‘ilishlar deputatlarini saylashdi. Oraliq saylovlar prezidentlik muddatining yarmida o‘tkaziladi va saylovchilar hamda OAV tomonidan amaldagi davlat rahbariga ishonch bildirish bo‘yicha o‘ziga xos referendum sifatida qabul qilinadi. Qoidaga ko‘ra, bunday saylovda hukmron partiya doim yutqazgan. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Donald Tramp boshqaruvidagi Respublikachilar partiyasi Vakillar palatasida ham, Senatda ham ko‘pchilik o‘rinni boy berdi.
Demokratik partiya 3-noyabr kungi oraliq saylovlar yakuniga ko‘ra AQSh Kongressining har ikki palatasi ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi.
NBC News telekanali prognozlariga ko‘ra, demokratlar Vakillar palatasida 255 o‘rin (respublikachilarda 180), Senatda esa 48 ga qarshi 52 o‘rin oladi. The New York Times nashri esa Demokratik partiya Vakillar palatasida 256, Senatda 55 o‘rin qo‘lga kiritishini prognoz qilgan. Bloomberg agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, demokratlar Senatda 53, Vakillar palatasida 227 o‘rinni kafolatlagan. CNN va Reuters ham taxminan shunday natijalarni taxmin qilgan. Yakuniy hisob-kitoblar e’lon qilinishi bir necha hafta vaqt olishi mumkin.
Demokratlar azaldan respublikachilar tayanchi hisoblangan va Tramp muntazam ravishda g‘alaba qozonib kelgan shtatlarda ham senatorlik kreslosini egalladi.
Demokrat Troy Jekson respublikachi Syuzan Kollinzni mag‘lub etdi, u so‘nggi 30 yil mobaynida ushbu shtatdan senatorlikka saylanib kelgandi.
Demokrat Jeyms Talariko shtat bosh prokurori, respublikachi nomzod Ken Pakstonni mag‘lubiyatga uchratdi. Texasdagi saylov kampaniyasi milliy miqyosda eng qimmatbaholaridan biri bo‘lgandi. Pakston qator mojarolarga aralashib qolgandi, ammo shaxsan Tramp uni qizg‘in qo‘llab-quvvatladi. Texas so‘nggi 30 yildan ortiq vaqt mobaynida «respublikachilarniki» bo‘lib turgandi.
Adam Hemilton Rojer Marshallni mag‘lub etdi va qariyb 100 yil ichida — 1932-yildan buyon shtatdan senatorlikka saylangan ilk demokrat bo‘ldi.

