Dunyo

AQŞ sudi 2027-yil uçun Green Card lotereyasining işga tuşirilişini yana töxtatib qöydi

AQŞda DV-2027 Green Card lotereyasi uçun röyxatga oliş jarayonining qaçon boşlanişi hanuz nomaʼlum. Apellyatsiya sudi Davlat departamentini röyxatga olişni tiklaşga majbur qilgan avvalgi qaror ijrosini töxtatib qöydi.

AQŞ sudi 2027-yil uchun Green Card lotereyasining ishga tushirilishini yana to‘xtatib qo‘ydi

AQŞ Federal apellyatsiya sudi 29-oktabr kuni Davlat departamentiga Green Card (DV-2027) lotereyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olishni qayta tiklash majburiyatini yuklagan sud qarorining ijrosini to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar berdi Bloomberg Law.

Shu tariqa, Amerika hukumati immigratsiya darajasi nisbatan past bo‘lgan davlatlar fuqarolariga har yili 55 mingtagacha viza olish imkoniyatini beruvchi dasturda ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish jarayonini boshlashga hozircha majbur emas.

14-oktabr kuni Kaliforniya Janubiy okrugi sudi Davlat departamentiga Green Card bo‘yicha ro‘yxatga olish sanalarini 29-oktabrgacha e’lon qilish, arizalarni qabul qilishni 1-noyabrdan kechiktirmay boshlash va saralab olingan ishtirokchilarni 2026-yil 3-dekabrgacha natijalar haqida xabardor qilish majburiyatini yuklagan edi.

Biroq AQŞ hukumati ushbu qaror ustidan apellyatsiya berdi. Uch nafar sudyadan iborat apellyatsiya hay’ati hukumatning shoshilinch iltimosnomasini qanoatlantirib, qaror ijrosini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.

Sudyalar Davlat departamentiga qarshi da’vo arizasi kiritgan “Red Eagle Law LC” immigratsiya yuridik firmasida bunday talab qo‘yish uchun huquqiy asoslar yetarli emas, deb topdi. Firma Amerika hukumati DV-2027 dasturida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olishni boshlamaganidan so‘ng, 2026-yil avgust oyida sudga murojaat qilgan edi.

Apellyatsiya sudining fikricha, immigratsiya dasturi ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatuvchi yuridik kompaniyaning tijoriy manfaatlari lotereya to‘g‘risidagi qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlar sirasiga kirmaydi. Shu bilan birga, sudyalar ro‘yxatga olishni boshlash masalasida Davlat departamentining harakatsizligini qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidladi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Diversity Visa dasturini 2025-yil dekabr oyida to‘xtatib qo‘ygan edi. Bunday qaror Rod-Aylend va Massaçusets shtatlarida yuz bergan ikkita otishma holatidan so‘ng qabul qilingan. Jinoyatlarda gumon qilinuvchi muqaddam Diversity Visa dasturi orqali Amerika vizasini olgan Portugaliya fuqarosi bo‘lib chiqqan. Keyinchalik uning jasadi topilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.