Boshqa

APK-fayl orqali yechilgan 6,5 million so‘m egasiga qaytarildi

«Roha-24» degan ilova keldi. Senga jarima bor, deb. Men bilmay turib, o‘sha ilovaga kirib oldim

APK-fayl orqali o‘g‘irlangan 6,5 million so‘m egasiga qaytarildi

Buxoro viloyatida odamlarni turli yo‘llar bilan aldashga qaratilgan kiberfiribgarlik holatlari tez-tez uchramoqda.

Shunday holatlardan biri Buxoro tumanida yuz berdi. Bir fuqaroga Instagram orqali APK-fayl yuborilgan. Ushbu fayl orqali unga «Roha-24» nomli ilovani yuklab olish taklif qilingan. Xabarda go‘yoki uning 10 million so‘m jarimasi borligi aytilgan.

Bunga ishonib qolgan foydalanuvchi ilovani darhol telefoniga o‘rnatib, unga kirgan. Shundan so‘ng uning bank hisob varag‘iga tushishi kutilayotgan pulning 6,5 million so‘mi yo‘qolgan...

«Roha-24» degan ilova keldi. Senga jarima bor, deb. Men bilmay turib, o‘sha ilovaga kirib oldim va yana chiqdim. Hisob raqamimga 9 million so‘m pul tushishi kerak edi. Shundan 6,5 million so‘mini yechib olishgan»,

— dedi jabrlanuvchi.

Bir necha soniyada millionlaridan ayrilgan shaxs darhol ichki ishlar organlariga murojaat qildi. O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar tufayli 6,5 million so‘m egasining hisob raqamiga qaytarildi.

Mutaxassislar notanish shaxslardan kelgan APK-fayllarni yuklamaslik, shubhali havolalarga kirmaslik hamda bank kartasi va hisob varaqlariga oid ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslikni tavsiya etishmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.