Angrenda «Koreya orzusi» sarobga aylandi
Fuqaro N.M. fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreya

Angrenda "Koreya orzusi" puchga chiqdi
Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va'da qilib, firibgarlik sodir etgan shaxs fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.M. fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Koreyaga ishga joylashtirishni va'da qilgan. U ushbu xizmati evaziga 5 900 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

