Mahalliy

Angrenda bemor “proba”siz ukol ortidan komaga tushib qolgani aytilmoqda

Angrenda bemor “proba”siz ukol ortidan komaga tushib qolgani aytilmoqda

Angrendagi xususiy klinikada 20 yoshli yigitga tibbiy yordam ko‘rsatilgach, u komaga tushib qolgani haqidagi xabarlar yuzasidan tekshiruv boshlandi. Bu haqda Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qildi.

Tarmoqda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, bemor shamollash alomatlari bilan shu yilning 31-iyul kuni Angren shahridagi Angren medical center xususiy klinikasiga murojaat qilgan. U yerda unga “proba”siz tomiriga tomchi dori yuborilgach, sog‘ligi yomonlashib, hushini yo‘qotgan.

Shundan so‘ng shahar tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilgan va yigit og‘ir ahvolda Angren shahar markaziy shifoxonasiga olib ketilgan. U yerda bemorga traxeostomiya operatsiyasi o‘tkazilgan. Hozirda u shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida yotibdi. Bemorning ota-onasi xususiy klinika tomonidan yigitning davolanishi uchun yetarli moddiy ko‘mak ko‘rsatilmayotganidan norozi.

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur holat nazoratga olinganini, uni har tomonlama va xolis o‘rganish uchun boshqarma tomonidan ishchi guruh tuzilib, xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi. Tekshiruv davomida bemorga ko‘rsatilgan tibbiy yordam sifati, davolash jarayoni va holatning kelib chiqish sabablari tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.