Mahalliy

Angor tumanida savdo do‘konlari yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jarohat olganlar kuzatilmagan.

Angor tumanida savdo shoxobchalari alangaga uchradi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Joriy yilning 3-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Angor tumanidagi "Yangiturmush" mahalla fuqarolar yig‘ini, At-Termiziy ko‘chasida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar kelib tushdi.

Ushbu xabar asosida 3 ta qutqaruv bo‘linmasi zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi va yong‘inni qisqa muddatda o‘rab olib, bartaraf etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkita kiyim-kechak savdo do‘konining taxminan 35 kvadrat metr maydoni yong‘indan zarar ko‘rgan.

Yong‘in natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Ayni damda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.