Angliyaning “Fulhem” klubi Yangi Toshkentda futbol akademiyasi ochishi mumkin
Angliyaning 'Fulhem' futbol klubi Yangi Toshkentda Britaniya standartlariga asoslangan futbol akademiyasini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Ushbu tashabbus O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi va klub rahbariyati uchrashuvida muhokama qilinib, hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishildi.

Angliyaning “Fulhem” klubi Yangi Toshkentda futbol akademiyasi ochish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.
“Fulhem” futbol klubi Buyuk Britaniya tajribasi va standartlaridan foydalangan holda Yangi Toshkentda futbol akademiyasini tashkil etish masalasini o‘rganishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu masala O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov va elchixona diplomatlari hamda “Fulhem” klubi futbolni rivojlantirish yo‘nalishi rahbari Xyu Jennings va tijorat menejeri Brett Makgoldrik o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilingan.
Uchrashuvda “Fulhem” rahbariyati Britaniya tajribasi va standartlari asosida Yangi Toshkentda akademiya tashkil etish istiqbollarini o‘rganishga tayyor ekanini bildirgan.
“Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun hamkorlikning aniq mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib oldi”, — deyiladi xabar so‘ngida.

