Sport

Angliya va Ispaniya oʻyinida shou, Qozogʻiston durang bilan boshladi

Shanba oqshomida Millatlar ligasida guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Harri Keyn Ispaniyaga penaltidan gol urolmadi, 41 yoshli Modrich Xorvatiya uchun gol urishda, 37 yoshli Perishich golli pas berishda davom etmoqda.

**Angliya va Ispaniya oʻyinida shou, Qozogʻiston durang bilan boshladi**

**Keynning xatosi qimmatga tushdi**

**Angliya – Ispaniya 2:3**

Yamal, 2 (0:1). Gordon, 36 (1:1). Keyn, 40 (2:1). Baena, 60 (2:2). Oyyarsabal, 74 (2:3)

Aniq ijro etilmagan penalti: Keyn, 54’

**Angliya:** Trafford, Konsa, Geyi (Brantueyt, 89), OʼRayli, Kuansa, Anderson, Lyuis-Skelli (Rodjers, 70), Bellinghem, Gordon (Garner, 70), Saka (Gibbs-Uayt, 83), Keyn (Kalvert-Lyuin, 83)

**Ispaniya:** Simon, Lyaport, Kubarsi, Kukurelya, Pubil, Ruis (Pedri, 70), Rodri, Olmo (Merino, 82), Uilyams (Baena, 55), Yamal, Torres (Oyyarsabal, 55)

Geyi, 69. Bellinghem, 81

Ispaniya Angliyaga qarshi kechgan yorqin bahsda gʻalabani oʻz foydasiga hal qildi. Amaldagi jahon chempionlari 2-daqiqadayoq hisobni ochishdi: «Siti» himoyachisi Mark Geyi qoʻpol xatoga yoʻl qoʻydi va Lamin Yamal bundan unumli foydalandi.

Bu ispanlar uchun rasmiy uchrashuvlarda 2005-yil oktabridan beri urilgan eng tezkor gol boʻldi. Oʻshanda Antonio Lopes JCH-2006 saralashi doirasida San-Marino darvozasini 53-daqiqada ishgʻol etgandi. Bu, shuningdek, «Uembli»da mehmon jamoalar 1957-yildan buyon urgan eng tezkor gol sifatida ham qayd etildi. Oʻshanda shotlandiyalik Tommi Ring Angliyaga qarshi oʻyinning 1-daqiqasida hisobni ochgandi.

Oradan koʻp oʻtmay Ferran Torres ham gol urdi, biroq u ofsaydda ekani aniqlandi. Tanaffus oldidan esa inglizlar bosimni oshirishdi: 36-daqiqada avval Entoni Gordon hisobni tenglashtirdi, toʻrt daqiqa oʻtib Harri Keyn jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi boʻlim boshida Angliya farqni oshirishi mumkin edi. Jud Bellinghem jarima maydoni ichida Rodri bilan toʻqnashuvdan soʻng yiqildi. Bosh hakam Davide Massa avvaliga folni qayd etmadi, keyin esa VAR aralashuvidan soʻng penalti belgiladi.

Biroq zarba vaqtida Keyn toyib ketdi va toʻp toʻsinga tegib qaytdi.

Bu uchrashuvning burilish nuqtasi boʻldi. Intrigani saqlab qolgan ispanlar yana ikkita gol urishdi. Keynning muvaffaqiyatsiz zarbasidan besh daqiqa oʻtib zaxiradan tushgan Aleks Baena hisobni tenglashtirdi. Yana bir zaxira futbolchisi Mikel Oyyarsabal 74-daqiqada gʻalaba golini kiritdi — 3:2.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.