Andijonda yana uchta yo‘l o‘tkazgich quriladi — prezident
Andijonda yana uchta yirik yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. Ular Milliy tiklanish va Navoiy, O‘zbekiston va Bobur, shuningdek, Amir Temur va Yangi aylanma yo‘li ko‘chalari kesishmasida barpo etiladi. Shuningdek, Asaka tumani markazini aylanib o‘tuvchi ko‘prik qurilmoqda.

Andijonda yana uchta yo‘l o‘tkazgich quriladi — prezident
Andijon viloyatida 2027-yilda yana uchta yirik yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Ular Milliy tiklanish va Navoiy ko‘chalari, O‘zbekiston va Bobur ko‘chalari, shuningdek, Amir Temur ko‘chasi va Yangi aylanma avtomobil yo‘li kesishmalarida quriladi. Bundan tashqari, Asaka tumani markazini aylanib o‘tuvchi ko‘prik ham foydalanishga topshiriladi, dedi u.
Bir kun avval davlat rahbari vokzal yaqinida Bobur shohko‘chasining ikki qismini bog‘lagan ko‘prikni ko‘zdan kechirgan edi. Loyiha qiymati 271 milliard so‘mni tashkil etgan.

