Andijonda xotin-qizlar bandligi uchun alohida jamg‘arma tashkil etiladi
Ma’lum qilinishicha, viloyatda ishlash istagida bo‘lgan 3 ming nafar ayol farzand parvarishi bilan band.

Andijonda xotin-qizlar bandligini ta’minlash uchun alohida jamg‘arma tuziladi. Andijon viloyatida ayollarni ish bilan ta’minlash maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etilib, unga 20 million dollar ajratiladi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatda ishlash niyatida bo‘lgan 3 ming nafar ayol farzand parvarishi bilan band. Bolalarni bog‘chaga joylashtirish ularning mehnat bozoriga qaytishi uchun imkon yaratishi qayd etildi.
Hozir Andijonda maktabgacha ta’lim qamrovi 86 foizni tashkil etadi. Tadbirkorlar yana 134 ta oilaviy bog‘cha ochishga tayyor.
Mas’ullarga 10 kun ichida ushbu bog‘chalar bo‘yicha tegishli bitimlarni rasmiylashtirish vazifasi yuklatildi.

