Andijonda qutqaruvchilar yonayotgan xonadon balkonidan ayol va uning ikki bolasini olib tushishdi. Video

Andijonda qutqaruvchilar yonayotgan xonadon balkonidan ayol va uning ikki bolasini olib tushishdi. Video
Andijonda qutqaruvchilar yonayotgan uydan ayol va uning ikki bolasini olib chiqishdi. Yongʻin yetti qavatli uyning beshinchi qavatidagi xonadonda sodir boʻlgan.
FVB matbuot xizmati xabariga koʻra, hodisa 6 sentyabr kuni «Bunyodkor» mahallasida yuz bergan. Ayol ikki bolasi bilan balkonga qamalib qolgan. Qutqaruvchilar ularni oʻt oʻchirish narvoni orqali evakuatsiya qilishgan.
Yongʻin haqidagi xabar soat 18:30 da kelib tushgan. Yongʻin-qutqaruv ekipajlari toʻrt daqiqadan soʻng voqea joyiga yetib kelishgan. Olovni oʻchirish 16 daqiqa davom etgan. Olov devorlar, mebellar va maishiy texnikaga shikast yetkazgan. Jabrlanganlar yoʻq.
Avvalroq Surxondaryo viloyatining Angor tumanida ikkita kiyim-kechak doʻkonida yirik yongʻin yuz bergan edi. Olov ikkita kiyim-kechak doʻkonining qariyb 35 kvadrat metr maydoniga shikast yetkazgan. Hech kim jabrlanmagan.

