Mahalliy

Andijonda erkak qariyb 300 million soxta soʻmni sotmoqchi boʻldi. Video

Andijonda erkak qariyb 300 million soxta soʻmni sotmoqchi boʻldi. Video

Andijon viloyatida yashovchi fuqaro qariyb 300 million soʻm soxta pullarni sotishga uringan vaqtida qoʻlga olindi. U 100 va 200 ming soʻmlik soxta kupyuralar evaziga ikki baravar kamroq mablagʻ olmoqchi boʻlgan.

Operatsiya Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazildi.

Idora maʼlumotlariga koʻra, Asaka tumanida yashovchi, muqaddam firibgarlik uchun sudlangan 39 yoshli shaxs oʻz uyida soxta pullarni tayyorlash va sotish bilan shugʻullanib kelgan.

Erkak shartli xaridorga 297 million soxta soʻmni 148 million soʻmga sotishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Qoʻlga olinganidan soʻng, DXX xodimlari uning uyini koʻzdan kechirishdi. U yerda soxta pullarni tayyorlashda foydalanilgan deb taxmin qilinayotgan kompyuter va printer topildi. Shuningdek, 50 va 100 ming soʻmlik kupyuralarning zagotovkalari chop etilgan maxsus qogʻoz varaqlari va ularni kesish uchun uskunalar topilgan.

Ushbu shaxs va boshqa ehtimoliy sheriklariga nisbatan 176-moddaning 3-qismi («Qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish») bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov uning ehtimoliy aloqalari va jinoiy sxemaning boshqa ishtirokchilarini aniqlamoqda.

Shunga oʻxshash holat Namanganda ham yuz berdi, u yerda 51,5 million soxta soʻmni sotmoqchi boʻlgan viloyatning ikki nafar turgʻuni qoʻlga olindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.