Andijonda 400 mln so‘mlik elektr qarzini kamaytirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Andijonda savdo do‘konidagi 400 mln so‘mlik elektr qarzini kamaytirib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida savdo do‘konidagi 400 million so‘mlik elektr energiyasi qarzdorligini kamaytirib berishni va’da qilgan shaxs 3 ming dollar olayotgan paytda ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro Q.M.ga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan yuzaga kelgan qarzdorlikni kamaytirib berishini aytgan.
M.A. bu masalani “Hududiy elektr ta’minoti” AJ Andijon viloyati filialida ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishini va’da qilgan. U buning uchun 3 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

