Andijon. Istiqlol bayrami oldidan yirik iqtisodiy va investitsion loyihalar ish boshlamoqda
Mustaqilligimizning 35 yillik tantanalarini Andijon viloyati iqtisodiyotni rivojlantirishdagi hamda barqaror investitsiya muhitini yaratishdagi yangi yutuqlar bilan qarshi olmoqda.

Andijon. Mustaqillik bayrami arafasida yirik iqtisodiy va investitsion loyihalar faoliyatini boshlamoqda.
Prezidentimizning Yangi O‘zbekiston milliy taraqqiyot konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri xorijiy va mahalliy investorlar uchun ochiq, barqaror va raqobatbardosh investitsiya muhitini yaratishdan iborat.
Sanoatning rivojlanishi va tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi hudud iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga hamda aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘tgan 2025-yilda 2,5 milliard AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan edi. Shundan 1,3 milliard dollarlik eksport amalga oshirilib, 30 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lsa, 2026-yilning olti oyi davomida 1,9 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan va 500 million dollar eksport amalga oshirilgan.
Asosiy investorlar sifatida Rossiya, Xitoy, AQSh, Turkiya va Germaniya ishtirok etmoqda.
Hududiy loyihalar bo‘yicha 113,4 million dollar miqdoridagi 161 ta loyiha ishga tushirilib, 10 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Videoda Andijon viloyatida Mustaqillik bayrami oldidan ish boshlayotgan yirik iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar haqida so‘z boradi.
Reklama huquqi asosida.

