Amway — The American Way: ikki doʻstning orzusi qanday qilib global imkoniyatlar tarixiga aylandi

**Amway — The American Way: ikki doʻstning orzusi qanday qilib global imkoniyatlar tarixiga aylandi**
1959-yilda Amerikaning kichik bir shahrida ikki doʻst oʻz biznesini boshlashga qaror qildi. Ularning maqsadi global kompaniya yaratish emas edi — ularni bundan ham shaxsiyroq istak birlashtirardi: oʻz kelajagini oʻzlari belgilash. 67 yil oʻtib, bu gʻoya 100 dan ortiq mamlakat va hududni qamrab olgan xalqaro tarixga aylandi.
Amway oʻz tarixining yangi sahifasini Oʻzbekistonda ochmoqda.
Kompaniyaning bugungi miqyosi ortida hamon har bir insonga yaqin va tushunarli boʻlgan qadriyatlar turadi: kundalik hayot uchun yuqori sifatli mahsulotlar, oʻz ishini qurish imkoniyati va bir-birining rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydigan insonlar hamjamiyati.
Rich DeVos va Jay Van Andel Michigan shtatining Grand Rapids shahrida hali maktabda oʻqib yurgan kezlarida tanishgan. Ularning xarakterlari bir-biridan juda farq qilardi, biroq ular tez orada kelajakka qarashlari qanchalik oʻxshashligini anglab yetishdi. Keyinchalik Rich shunday degan: “Men va Jey bir butunning ikki qismi boʻlib chiqdik”.
Hatto Ikkinchi jahon urushi davrida, bir-biridan uzoqda boʻlgan paytlarida ham, ular xat yozish va kelajak haqida reja tuzishni toʻxtatmagan. “Biz bir narsani aniq bilardik: biznesni birga qilamiz”, deb eslagan Rich. Amway tashkil etilishidan oldin doʻstlar savdo, restoran biznesi va hatto oʻz uchuvchilar maktabini yuritishda ham oʻzlarini sinab koʻrishgan.
Hammasi ham muvaffaqiyatli kechmagan. Bir safar doʻstlar eski yelkanli qayiqda Karib dengizi tomon yoʻl olishadi, ammo qayiq Kuba qirgʻoqlari yaqinida choʻkib ketadi. Ularning oʻzini esa yonidan oʻtib ketayotgan kema qutqarib qoladi. Biroq muvaffaqiyatsizlik keyingi urinishlarga toʻsqinlik qilmagan. Ular qaytadan boshlashni, oʻylab tavakkal qilishni va oldinga yurishda davom etishni oʻrgandilar.
1959-yilda Michigan shtatining Ada shahrida Rich DeVos va Jay Van Andel Amway kompaniyasiga asos soldi.
Amway nomi American Way — “Amerika yoʻli” iborasidan kelib chiqqan.
Asoschilar uchun bu yoʻl tashabbuskorlik, mustaqillik va insonning oʻz kelajagini oʻzi qurish huquqi bilan bogʻliq edi.
Gʻoya oddiy edi: tadbirkor hamma narsani noldan yaratishi shart emas. Kompaniya mahsulot, texnologiyalar, vositalar, taʼlim va infratuzilmani taqdim etishi mumkin, inson esa mijozlar bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyadi, koʻnikmalarini rivojlantiradi va oʻz biznesini quradi.
Inson oʻzi ishonmaydigan narsani boshqalarga chin dildan tavsiya qila olmaydi. Shu sababli Amway uchun mahsulot hech qachon shunchaki biznesning bir qismi boʻlmagan — u, avvalo, isteʼmolchi ishonchining asosi boʻlib kelgan.
Amway birgina mahsulot yoʻnalishi bilan cheklanmaydi. Kompaniyaning global portfeli odamlarning kundalik hayotiga kirib kelgan keng toifalarni qamrab oladi: ovqatlanish va farovonlik uchun yechimlar, goʻzallik va shaxsiy parvarish, ogʻiz boʻshligʻi va soch parvarishi, kir yuvish va uy tozalash vositalari, suv va havoni tozalash tizimlari, shuningdek, oshxona uchun mahsulotlar.
Bu mahsulotlar ortida xalqaro ilmiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi, tadqiqotlar, innovatsiyalar hamda koʻp bosqichli sifat nazorati turadi. Bu yerda yuqori sifat standarti shunchaki reklama iborasi emas — u har bir mahsulotni yaratish va ishlab chiqarish jarayoniga qoʻyiladigan talabdir.
Mahsulotga boʻlgan ishonch, insoniy munosabatlar va tadbirkorlik imkoniyatining aynan shu uygʻunligi Amway oʻsishining asoslaridan biriga aylandi.
Bugun Amway tadbirkorlarga nafaqat mahsulot, balki qoʻllab-quvvatlash tizimini ham taklif etadi.
Bu — puxta ishlab chiqilgan marketing rejasi, taʼlim, ragʻbatlantiruvchi dasturlar va xalqaro sayohatlar, ustozlik hamda tajriba almashish va amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish mumkin boʻlgan hamjamiyat.
Kim uchundir bu tadbirkorlikdagi ilk qadam. Boshqa birov uchun esa — yangi kompetensiyalar, yangi tanishlar doirasi yoki qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishi.
Ammo bunday yoʻlning qadri faqat tijoriy natija bilan cheklanmaydi.
Tadbirkorlik muloqot qilishni, intizomni, mijozni tinglashni, maqsad qoʻyishni, qaror qabul qilishni va oʻz rivoji uchun masʼuliyatni zimmasiga olishni oʻrgatadi.
Bugun Amway 100 dan ortiq mamlakat va hududda faoliyat yuritadi.
Kompaniya hanuz xususiy oilaviy biznes boʻlib qolmoqda, asoschilar oilalarining keyingi avlodlari esa uning kelajagida ishtirok etishda davom etmoqda.
Ikki doʻstning oʻz ishini yaratish istagi sifatida boshlangan gʻoya vaqt oʻtishi bilan xalqaro tadbirkorlik platformasiga aylandi.
Miqyos oʻzgardi. Geografiya kengaydi. Yangi mahsulotlar, texnologiyalar va bozorlar paydo boʻldi.
Ammo dastlabki gʻoya oʻzgarmadi: insonga sifatli mahsulot, bilim va hamjamiyat koʻmagiga tayangan holda oʻz yoʻlini qurish imkoniyatini berish.
2026-yil 1-sentyabrda Amway Oʻzbekistonda rasman oʻz faoliyatini boshladi.
Dunyo boʻylab millionlab insonlar Amway mahsulotlaridan har kuni foydalanadi. Qariyb yetti oʻnyillikdan buyon kompaniya odamlarning kundalik hayoti, farovonlikka intilishi va tadbirkorlik maqsadlarining bir qismiga aylanib kelmoqda.
Michigan shtatida ikki doʻstning orzusi sifatida boshlangan tarix endi Oʻzbekistonda davom etmoqda. Ammo oʻsha ishonch oʻzgarmagan: baʼzan yaxshiroq hayot sari yoʻl bir insonning “Men sinab koʻraman” degan qaroridan boshlanadi.

