Amudaryo qurimoqdami? Suv xoʻjaligi vazirligi daryoda nima boʻlayotganiga izoh berdi

Amudaryo qurimoqdami? Suv xoʻjaligi vazirligi daryoda nima boʻlayotganiga izoh berdi
Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryoning goʻyoki qurib qolayotgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Idorada daryo oqimi saqlanib qolayotgani, kuzda suv sathining pasayishi esa tabiiy mavsumiy jarayon ekani taʼkidlandi.
Vazirlikning 9 oktyabrdagi maʼlumotlariga koʻra, Termizdagi gidrologik postda suv sathi 239 santimetrni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 27 santimetrga yuqori. Shu bilan birga, Kerki gidropostida suv sarfi soniyasiga 499 kubometrga yetdi, bu bir yil oldingiga nisbatan 63 kubometrga kam.
Idora, shuningdek, Amudaryoning asosiy irmoqlaridan biri — Vaxsh daryosida joylashgan Tojikistondagi Norak suv ombori boʻyicha maʼlumotlarni keltirdi. Hozirda u yerga soniyasiga 408 kubometr suv kirmoqda, 320 kubometri esa chiqarib yuborilmoqda. Suv omboridagi umumiy suv hajmi 10,54 milliard kubometrni tashkil etadi.
Mutaxassislar sentabr va oktabr oylarida daryolarda suv sathining va sarfining kamayishi odatiy gidrologik hodisa ekanini tushuntirishdi. Sug‘orish mavsumi tugagach, suv omborlari keyingi yil uchun zaxira toplashni boshlaydi. Vazirlik bahosiga ko‘ра, ҳозирги кўрсаткичлар Амударё оқимининг тўхтаб қолганидан далолат бермайди.

