Mahalliy

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi xalqaro mukofotga loyiq koʻrildi

Venetsiyada boʻlib oʻtgan nufuzli “AI Film Awards” xalqaro tanlovida “Amir Temur: Bolalik davri” filmi eng yuqori mukofotga loyiq koʻrildi.

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Film Amir Temurning bolalik yillari, uning shakllanish davri va kelajakda buyuk siymo sifatida kamol topishi haqida hikoya qiladi.

Madaniyat vaziri maslahatchisi Rauf Nabiyev hamda “Raqamli Sanʼat” ijodiy birlashmasi jamoasi ushbu AI film orqali xalqimizning boy tarixiy merosini butunlay yangi, vizual jihatdan mukammal shaklda dunyoga namoyish eta oldi.

Bu muvaffaqiyatdan so‘ng xalqaro maydonda Oʻzbekistonga qiziqish yanada kuchaydi va “AI Film Awards” tashkilotchilari festivalning navbatdagi global anjumanini aynan Oʻzbekistonda o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.

Ayni paytda Madaniyat vazirligi hamda “Raqamli Sanʼat” ijodiy birlashmasi tashkilotchilar bilan ushbu festivalni kelgusi yili mamlakatimizda o‘tkazish masalasini muhokama qilmoqda.

Kann, Dubay, Parij, Marokash va Venetsiya kabi dunyoning yirik kino markazlari mezbonlik qilgan nufuzli anjuman kelgusi yili Toshkentda dunyoning eng kuchli raqamli sanʼat ijodkorlarini birlashtirishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.