«Amazon’dan 12 funtga sotib olingan it oʻyinchogʻi itimni oʻldirdi»
Kane-korso zotidagi itini yoʻqotganidan soʻng, Antoniya Spiriyett boshqa it egalarini arqonli tortish oʻyinchoqlaridan ogohlantirmoqchi.

«Amazon’dan 12 funtga sotib olingan it oʻyinchogʻi itimni oʻldirdi»
Besh yoshli kane-korso zotiga mansub Keyn arqonli it oʻyinchogʻining bir qismini yutib yuborgach vafot etdi
It oʻyinchogʻining bir qismini yutib yuborgan uy hayvoni nobud boʻlgan qaygʻudagi it egasi boshqalarni bunday oʻyinchoqlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan xavflardan ogohlantirdi.
Lankashirdagi Koppull shahridan boʻlgan Antoniya Spiriyett oʻzi Internetdan sotib olgan oʻyinchoqning bir qismini yutib yuborish oqibatida kelib chiqqan ichak tutilishidan besh yoshli kane-korso zotiga mansub Keyn laqabli iti oʻlganidan keyin BBC bilan suhbatlashdi.
«Amazon’dan 12 funtga sotib olingan it oʻyinchogʻi itimni oʻldirdi», dedi 31 yoshli ayol. «Hech narsa meni bunday yurak alangasiga tayyorlamagan edi. Agar siz arqonli it oʻyinchoqlariga ega boʻlgan it egasi boʻlsangiz - ularni tashlab yuboring. Bunga arzimaydi.»
Amazon vakili shunday dedi: «Biz bu haqda eshitib juda afsusdamiz. Biz mijoz bilan aloqadamiz.»
Antoniya Keyn uning «himoyachisi» boʻlganini aytdi
Antoniya Keynni kuchukchaligidan beri boqib kelganini aytdi.
«Keyn har doim yonimda, xuddi mening himoyachim kabi edi», dedi u.
«Hatto besh yoshida ham u deyarli kuchukchadek edi - hayotga juda toʻla edi.»
Antoniya 7 oktyabr kuni 95 kg (15 st) vaznli uy hayvoni kechki ovqatini yemaganida unda nimadir notoʻgʻri ekanini tushunganini aytdi.
«U oʻzini bir oz gʻalati tuta boshladi», dedi u.
«Biz u bilan arqon oʻyinchoqni ushlab, uni oldinga va orqaga tortib, 'arqon tortish' oʻynayotgan edik.
«Biz oʻyinni toʻxtatdik va shundan soʻng u kechki ovqatini yegisi kelmadi.»
Ertasi kuni Keyn yana ovqatdan bosh torgch, Antoniya uni veterinarga olib bordi.
Keynga ichak tutilishi tashxisi qoʻyildi va unga shoshilinch operatsiya kerak boʻldi.
Antoniya Keynning besh yosh, besh oy va besh kunligida vafot etganini aytdi
Antoniya arqonli oʻyinchoq aybdor boʻlishi mumkinligidan gumon qilganini va tez orada uning eng yomon qoʻrquvlari tasdiqlanganini aytdi.
«Veterinar bizga qoʻngʻiroq qilib, ular uni yorishganini va arqon oʻyinchoqni koʻrishganini aytdi», dedi Antoniya.
«U uning meʼdasiga langgar tashlagan va ichaklarida boʻlgan - pishloq kesadigan simdek oʻralib olgan.
«Veterinarning aytishicha, arqon Keynning ichaklariga qon kelishini toʻsib qoʻygan va ular qora va toʻq siyohrang tusga kirgan.
«Bizga qon aylanishi qaytib tiklanmayotganini aytishdi.
«Uni qutqarishning hech qanday iloji yoʻq edi.
«Men oʻzimni yoʻqotib qoʻydim va veterinarga 'uni qutqarish uchun qilish mumkin boʻlgan biror narsa bormi' deb yolvordim», dedi Antoniya.
«Biroq hech narsa qilib boʻlmasdi. Xayrlashish uchun veterinar huzuriga qaytib borishga bizda 15 daqiqa vaqt bor edi.»
Atigi ikki kun ichida Antoniya yosh, «hayotga toʻla» itga ega boʻlishdan sevikli Keyni bilan xayrlashishgacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtganini aytdi.
Antoniya hech bir it egasi u boshidan kechirgan narsalarni boshidan kechirmasligi uchun arqonli it oʻyinchoqlarining mumkin boʻlgan xavf-xatarlari haqida xabardorlikni oshirishni xohlashini aytdi.
«Keyn kichik it emas edi», deb tushuntirdi u. «Uning boʻyi 5 futu 2 dyuym edi va u haqiqiy polvon edi.
«Men xuddi uni ishonchini oqlolmagandek his qildim.»
Keynning hikoyasini ijtimoiy tarmoqlarda baham koʻrganidan beri, Antoniya oʻxshash tajribaga ega boʻlgan boshqa koʻplab it egalarini topganini aytdi.
«Oldinga chiqib, bu bizning itimiz bilan ham sodir boʻlgan degan odamlar soni - juda koʻp», dedi u.
«Bu oʻyinchoqlar ochiqchasiga xavfli.
«Va bu shunchaki bitta brend yoki sotuvchi emas.»
Antoniya it oʻyinchoqlarining xavfsizligi boʻyicha qoʻshimcha qonunchilikni talab qiluvchi petitsiya boshladi.
U qoʻshimcha qildi: «Bu holat yana takrorlanmasligi uchun Keyn uchun bir narsa qilishim kerakligini hal qildim.»

