Iqtisodiyot

«Aloqa endi tanqis xizmat emas»

Uztelecom dastlab yaratişni közlamagan yetti yeçim va ularning barçasi qanday qilib bitta ekranda jamlangani xaqida

«Aloqa endi tanqis xizmat emas»

Yaqin-yaqingacha aloqa operatoriga beriladigan asosiy savol juda sodda edi: internet qachon yaxshi ishlaydi? Bugun esa internet deyarli hammada bor, uning tezligi esa bir yil ichida bir yarim baravar oshdi. Bu masala kun tartibidan chiqdi. Shu bilan birga, aloqa operatorining biz o‘rganib qolgan roli ham o‘zgarib bormoqda.

Eng qizig‘i esa endi boshlanadi. Yillar davomida aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelgan kompaniya endilikda elektromobillarni quvvatlamoqda, sug‘urta polislarini rasmiylashtirish va uyga santexnik chaqirish imkonini ham bermoqda. Yaqin vaqtgacha faqat balansni tekshirish uchun ochiladigan ilovada esa bu xizmatlarning barchasi bir joyga jamlandi.

«Elektr energiyasi ham bir vaqtlar mo‘jiza bo‘lgan»

– Butun dunyoda telekommunikatsiya o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetgan sohadek ko‘rinmoqda. O‘sish uchun joy qolmagan, tariflar bosim ostida, eng qiziqarli jarayonlar esa tarmoqlar ustida — ularning negizida xizmatlar yaratayotganlar tomonida kechmoqda. Bunday ta’rifga qo‘shilasizmi?

– Qisman. Chegara bor, biroq u odatda ko‘pchilik o‘ylagan joydan o‘tmaydi. Aloqa haqiqatan ham tanqis bo‘lmay qoldi, tanqisligi yo‘qolgan narsa uchun esa minnatdorlik bildirmay qo‘yishadi — muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan har qanday infratuzilmaning qismati shunday. Elektr energiyasi ham bir paytlar mo‘jiza edi, bugun esa uni faqat o‘chib qolganida eslaymiz. Bu kompaniyaga alam qiladimi? Ehtimol. Ammo aslida, bu ishning uddalanganidan dalolatdir.

Bu yog‘iga yo‘llar ajraladi. Boricha qabul qilib, shunchaki aloqa yetkazib beruvchi bo‘lib qolish mumkin. Yoki allaqachon barpo etilgan infratuzilma ustiga yana nima qurish mumkinligini o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi. Soha asosan ikkinchi yo‘lni tanlamoqda: dunyoning eng yirik operatorlari tushumining deyarli uchdan bir qismi aloqadan tashqari xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda — yetti yil ichida ularning ulushi 18 foizdan 28 foizga oshdi.

Aynan shu nuqtada sabab bilan oqibatni adashtirib yubormaslik muhim. Biz yana qayerdan pul topsak ekan deb izlanmadik: davlat kompaniyasida hisob-kitob boshqacha bo‘ladi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mavjud bo‘lib, oddiy odam tilida u juda jo‘n narsani anglatadi: maishiy masalalar Toshkentda ham, Nukusda ham birdek tez hal bo‘lishi kerak. Biz quyida so‘z yuritadigan xizmatlar yangi daromad manbalarini izlashdan emas, aynan shu ehtiyojdan kelib chiqqan. Avval odamlarning muammosini hal qilish, keyin esa iqtisodiyot. Bizning holatimizda teskari tartib umuman ish bermaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.