Mahalliy

Alisher Samadov Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi

Alisher Samadov O‘zbekiston Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Prezidenti administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i bo‘lgan.

Alisher Samadov Hisob palatasi raisi etib tayinlandi

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Alisher Samadov O‘zbekiston Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.

U 2025-yil 14-iyuldan buyon Prezidenti administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bundan oldin esa prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Prezidentning 2025-yil 25-iyuldagi farmoni bilan Hisob palatasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. Jumladan, idoraga prezident topshiriqlari doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish, shuningdek ularning aholi va tadbirkorlar uchun samaradorligini tahlil qilish vazifasi topshirildi. Bundan tashqari, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini baholash amaliyoti joriy etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.