Mahalliy

Aliment qarzini toʻlamagan 26 kishi bir vaqtda qamoqqa olindi

Qarshi shahrida aliment toʻlash majburiyatini bajarmagan 60 nafar qarzdorning ishi sayyor sud majlisida koʻrib chiqildi. Ularning 26 nafariga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Aliment qarzini toʻlamagan 26 kishi bir vaqtning oʻzida qamoqqa olindi

Majburiy ijro byurosining Qarshi shahar boʻlimida oʻtkazilgan sayyor sud majlisida aliment toʻlashdan bosh tortgan qarzdorlarga oid toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqildi.

Sud qaroriga muvofiq, 26 nafar qarzdorga 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi belgilandi. Yana 26 nafar qarzdor sud majlisi jarayonida aliment bo‘yicha qarzdorligini toʻliq yopgani sababli, ularga nisbatan ish yuritish qonunda belgilangan tartibda yakunlandi.

Qolgan 8 nafar qarzdorga esa aliment toʻlash majburiyatini bajarish uchun muddat berildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.